Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Turk» so‘zi tilga olingan turk tilidagi ilk yozma manba topilgani ma’lum qilindi
Bu haqda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasidagi yig‘ilishda Xalqaro Turkiy Akademiya prezidenti vazifasini bajaruvchi Fuzuli Majidli ma’lumot bergan.
Foto: Wikipedia
10 noyabr kuni Xalqaro Turkiy Akademiya prezidenti vazifasini bajaruvchi Fuzuli Majidli Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Kun.uz’ga Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Fuzuli Majidli qardosh mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar, ilm-fan va ta’lim sohasidagi aloqalar rivojlanayotgani haqida gapirgan.
Tadbir davomida akademiya rahbari Mo‘g‘ulistonda Xalqaro Turkiy akademiya tomonidan olib borilgan arxeologik qazilma ishlari natijasida Ko‘kturk davriga oid yodgorlik majmuasi va yozuvi topilganini ham ma’lum qilgan.
«Ushbu majmua Qutlug‘ xoqon sharafiga o‘rnatilgan bo‘lib, u O‘rxun yodgorliklari topilganidan keyin so‘nggi 130 yil ichida turkiy dunyo uchun eng muhim kashfiyot sifatida qabul qilingan. Bu kashfiyotning eng muhim jihati shundaki, u «turk» so‘zi tilga olingan turk tilidagi birinchi yozma manba bo‘lib, hozirgacha bo‘lgani kabi xorijliklar tomonidan emas, balki turkiy olimlar tomonidan topilib, shifrlangan», – degan Fuzuli Majidli.
Ma’lum qilinishicha, yodgorlikning taqdimoti 15 dekabr – Xalqaro turkiy tillar kuni doirasida Parijda YuNESKO shafeligida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
08:41 / 28.01.2025
O‘zbekiston TDTga a’zo davlatlar bilan birga qo‘shma ilmiy sun’iy yo‘ldosh yaratadi
11:49 / 20.10.2023
Shavkat Mirziyoyev: «Xalqaro maydonda o‘zaro ishonch va bir-birini tushunish inqirozi keskin sezilmoqda»
14:33 / 16.10.2023
Bishkekda Xalqaro turkiy xabarlar kanalini tuzish masalasi muhokama qilindi
17:24 / 16.03.2023