Qayd etilişiça, sönggi yilda Turkiy davlatlar taşkilotida Özbekiston raisligida muhim ahamiyatga molik va keng qamrovli işlar amalga oşirildi, hamkorlik yanada kengaydi hamda yangi yuksaliş sur’atiga ega böldi.
Özbekistonning raisligi doirasida mamlakatlar iqtisodiyot, savdo, soğliqni saqlaş, ta’lim, kosmos, energetika vazirliklari va idoralari hamda maxsus xizmatlari rahbarlarining qator muhim uçraşuvlari ötkazildi.
Turkiy dunyoning ilm-fan, madaniyat va san’at sohalaridagi taraqqiyotiga hissa qöşgan atoqli şaxslarni taqdirlaş uçun ta’sis etilgan Alişer Navoiy nomidagi mukofot birinçi marta topşirildi. Özbekiston Xalqaro turkiy madaniyat taşkilotiga tölaqonli a’zo böldi, TURKSOY taşkil etilganining öttiz yilligi tantanali ravişda nişonlandi.
“Bugungi anjuman Taşkilot kun tartibidagi öta muhim voqealardan biridir, çunki vakolatli idoralarning xavfsizlikka qarşi zamonaviy tahdidlarni bartaraf qiliş va mamlakatlarimizni barqaror taraqqiy ettiriş yöllarini izlaş böyiça hamkorlikdagi işlari alohida ahamiyat kasb etib bormoqda”, deyiladi murojaatda.
Bildirilişiça, bunday formatdagi uçraşuv xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşiş hamda bugungi notinç dunyodagi umumiy tahdid va xavf-xatarlarga qarşi birgalikda javoblar işlab çiqiş uçun samarali maydon bölib xizmat qiladi.
“Ötgan yili Anqara şahrida bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengaşlari kotiblarining birinçi yiğilişida erişilgan samarali natijalarni yuqori baholaymiz. Işonçim komilki, turkiy tilli mamlakatlar Xavfsizlik kengaşlari kotiblari darajasidagi köp tomonlama hamkorlik mexanizmi Turkiy davlatlar taşkiloti makonida xavfsizlik sohasidagi muloqotni mutlaqo yangi darajaga olib çiqadi”, deyilgan prezident murojaatida.
Ta’kidlanişiça, uşbu yiğiliş xalqaro miqyosda murakkab vaziyat hukm surayotgan bir şaroitda bölib ötmoqda. Bugungi kunda jahon prognoz qiliş qiyin bölgan va hatto oldindan aytib bölmaydigan oqibatlarni keltirib çiqaradigan fundamental özgarişlarni boşidan keçirmoqda.
Xalqaro maydonda özaro işonç va bir-birini tuşuniş inqirozi keskin sezilmoqda. Global va mintaqaviy xavfsizlikka qarşi tahdidlar kuçaymoqda va yangi xavf-xatarlar vujudga kelmoqda.
“Şu munosabat bilan sizlar rahbarlik qilayotgan tuzilma va idoralarga alohida mas’uliyat yuklatilmoqda.








