Davlat rahbarining aytişiça, taşkilot davlatlari joylaşgan hududlar öz geografik va geologik xususiyatlariga köra, tabiiy ofat va xavf-xatarlar faol sodir böladigan makon hisoblanadi.
“Ming afsuski, sönggi yillarda global iqlim özgarişlari bu kabi vayronkor hodisalar kölami va zararini keskin oşirmoqda. Bu yönalişdagi amaliy hamkorligimizni kengaytiriş maqsadida quyidagi aniq takliflarga e’tiboringizni qaratmoqçiman. Favqulodda holatlarning oldini oliş va ularning oqibatlarini bartaraf etiş maqsadida Taşkilotimizning tizimli hamkorlik platformasini taşkil etiş taşabbusini ilgari suraman. Bu platforma doirasida aniq mexanizmlarni joriy etiş va muhim çoralar körişni keçiktirib bölmaydigan vazifa, deb hisoblayman”, dedi prezident.
Bildirilişiça, taşkilot doirasida tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olişga qaratilgan köp tomonlama bitimni tezroq işlab çiqiş dolzarb ahamiyatga ega. Bu borada Turkiya tomoni taqdim etgan fuqarolar muhofazasi böyiça tizim yaratiş haqidagi hujjat loyihasi qöllab-quvvatlandi.
Bundan taşqari, favqulodda vaziyatlar böyiça vazirliklar örtasidagi şeriklik aloqalarini keskin faollaştiriş lozimligi aytildi. Ularning navbatdagi yiğilişida eng ustuvor yönalişlar böyiça qöşma harakatlar dasturini işlab çiqiş kerakligi ta’kidlandi.
Asosiy diqqatni texnik xavfsizlik talablariga qat’iy e’tibor qiliş va jahonning eng ilğor tajribasini sohaga tatbiq etiş; aholining doimiy xabardorligini oşirib boriş; qutqaruv xizmatlari mutaxassislarining malaka va tajribasini oşiriş; qöşma öquv maşqlarini ötkazişga qaratiş lozimligi aytildi.
“Bunday kutilmagan va oğir sinovli paytlarda ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni bartaraf etişda yaqindan kömak körsatiş mexanizmlarini joriy etiş maqsadga muvofiqdir. Söz oziq-ovqat mahsulotlari va quriliş mollarini tösiqsiz yetkazib beriş, sanoatni tiklaşga qaratilgan kooperatsiya loyihalarini işga tuşiriş haqida bormoqda. Albatta, bugun rasman ta’sis etilayotgan Turkiy investitsiya fondining ilk moliyaviy resurslarini ham uşbu loyihalarga jalb etiş mumkin, deb hisoblaymiz”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Qayd etilişiça, ilmiy va texnologik sohalarda erişilgan yutuqlarga qaramasdan, zilzilalar, sel va suv toşqinlari, örmon yonğinlari, böronlarni oldindan aniqlaş va erta ogohlantiriş hamon dolzarb vazifa bölib qolmoqda. Bu jarayonlarni çuqur örganiş, sohaga ilmiy va texnologik yangiliklarni keng joriy etiş katta ijobiy samara berişi aniqligi körsatib ötildi. Şulardan kelib çiqib, taşkilot doirasida Tabiiy ofatlar monitoringi va tahlili markazini tuziş hamda uni Toşkentda joylaştiriş böyiça taşabbus ilgari surildi.








