Bişkekda Turkiy davlatlar taşkilotining OAV va axborot masalalari böyiça işçi guruhi 10-yiğilişi boşlandi. Bu haqda Qirğiziston Madaniyat, axborot, sport va yoşlar siyosati vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi «Kabar».

Uçraşuvda Turkiy tillar axborot agentliklari ittifoqi va Xalqaro turkiy xabarlar kanalini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.

Iştirokçilar, şuningdek, Qirğiziston tomonidan tayyorlangan Turkiy davlatlar taşkiloti Jurnalistlari uyuşmasi nizomi loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi, 2023–2024 yillarga möljallangan harakat dasturiga böyiça takliflar berdi hamda Özbekistonda ötkaziladigan bölajak 2-Xalqaro media-forumni muhokama qildi.

«Uşbu guruh işining asosiy natijalaridan biri T-BRAF (Turkiy davlatlar teleradiodasturlarni tartibga soluvçi organlari) ta’sis yiğilişi dasturi loyihasi, T-BRAF nizomi va qöşma deklaratsiya loyihalarini körib çiqiş böldi. Muhokamalar natijalariga köra T-BRAF ta’sis yiğilişini 2023 yil 9 noyabr kuni Istanbul şahrida ötkaziş rejalaştirilgan», — deyiladi idora ma’lumotida. 

Mahalliy ommaviy axborot vositalari iştirokidagi işçi guruh yiğilişining ikkinçi qismida «GPT-çat misolida sun’iy intellektning afzalliklari va kamçiliklari» va «Gibrid uruşlar 21-asr xavfsizligiga tahdid sifatida» mavzularida dolzarb masalalar muhokama qilinadi.