Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiy davlatlar yetakchilari «Boqiy shahar» majmuasidagi konsert dasturini tomosha qilishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Samarqandga Turkiy davlatlar tashkilotining ilk sammitini o‘tkazish uchun to‘plangan turkiy davlatlar yetakchilari «Ipak yo‘li» xalqaro turizm markazida joylashgan «Boqiy shahar» majmuasiga tashrif buyurishdi.
Bu yerda oliy martabali mehmonlarning tashrifi sharafiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan qabul marosimi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda prezident rasmiy sayti.
Samimiy muloqotda Samarqand turkiy tamaddunning qadimiy beshiklaridan biri bo‘lgani, bugun xalqaro forumlar markaziga aylanib borayotgani yodga olindi.
Turkiy millatlarning qadim madaniyati, umumiy an’ana va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan konsert dasturi namoyish etildi.
Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasidagi asosiy tadbirlar 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:41 / 28.01.2025
O‘zbekiston TDTga a’zo davlatlar bilan birga qo‘shma ilmiy sun’iy yo‘ldosh yaratadi
11:49 / 20.10.2023
Shavkat Mirziyoyev: «Xalqaro maydonda o‘zaro ishonch va bir-birini tushunish inqirozi keskin sezilmoqda»
14:33 / 16.10.2023
Bishkekda Xalqaro turkiy xabarlar kanalini tuzish masalasi muhokama qilindi
17:24 / 16.03.2023