O‘zbekiston | 13:33 / 12.11.2022
11332
2 daqiqa o‘qiladi

13 noyabr kuni Toshkentda 5 ta ko‘chada transport harakati vaqtincha cheklanadi

“Davlat bayrog‘i kuni” munosabati bilan joriy yil 13 noyabr kuni Toshkent shahri 3 ta hududida (Yangi O‘zbekiston bog‘i, “Humo” arena, Ashxobod bog‘i) “Yangi nafas” yugurish sport tadbirlari o‘tkaziladi.

Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, shu munosabat bilan poytaxtning qator ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Ular:

2022 yil 12 noyabr kuni soat 18:00 dan Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

2022 yil 13 noyabr kuni soat 07:00 dan 12:00 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Sharof Rashidov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Sharof Rashidov shohko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
  • Islom Karimov shohko‘chasi – Sharof Rashidov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

soat 6:00 dan 12:00 gacha:

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bir qismi (Toshkent shahriga kirish qismi), soat 8:30 dan 11:00 gacha Toshkent viloyati tomoniga birinchi qayrilish joyidan Yangi O‘zbekiston bog‘i oldigacha.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid