Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Xersonning Ukraina tarkibiga qaytganini olqishladi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Xerson viloyatining Ukraina tarkibiga qaytganini olqishlashini ma’lum qildi. Bu haqda u Twitter'da tegishli bayonot bilan chiqdi.
«Men Xersonning Ukraina tarkibiga qaytganini olqishlayman», deb yozdi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Twitter'da.
«Fransiya Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlaydi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Ukraina 11 noyabr kuni Xerson ustidan nazoratni qaytarib oldi va ukrain bo‘linmalari shaharga kirishdi.
Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi Xersonda qolgan rossiyalik harbiylarni taslim bo‘lishga chaqirdi.
O‘z navbatida, Xerson viloyat kengashi deputati Sergey Xlan «shahar amalda Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostida ekani, tozalash operatsiyasi o‘tkazilishini» aytdi.
Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinning boshidanoq rus qo‘shinlari Xerson viloyatiga kirib, uning deyarli barcha hududini asta-sekin egallab olishni boshladilar. Ukraina mart oyi boshida Xerson ustidan nazoratni yo‘qotdi. Shundan so‘ng rossiyaliklar okkupatsion «ma’muriyati»ni tuzdi, mahalliy aholini, jumladan siyosatchilar, jurnalistlar va faollarni o‘g‘irlab ketishdi, shuningdek, rus rubllarini muomalaga kiritishga harakat qilishdi.
Sentabr oyi oxirida, «referendum» deb atalgan jarayondan so‘ng, Moskva Xerson, shuningdek, Donetsk, Luhansk va Zaporijjya viloyatlarini annexia qilganini e’lon qildi. Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi fonida rus qo‘shinlari Dniproning chap qirg‘og‘iga chekinishga majbur bo‘lishdi.
Mavzuga oid
15:29 / 03.04.2026
Tramp Makron va uning rafiqasini masxara qildi. Fransiya yetakchisi javob qaytardi
13:13 / 03.04.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Erondagi eng baland ko‘prik vayron qilindi
21:34 / 01.04.2026
Fransiya prezidenti Falastinning birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
13:37 / 14.03.2026