Parijda 2024 yildan dron taksilar xizmat qilishni boshlashi mumkin
Uchar taksilar 2 kishini tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, ilk marta an’anaviy havo yo‘llari tirbandligi bilan integratsiya qilingan holda harakatlangan.
Germaniya kompaniyasi Volocopter o‘zining ilk dron taksisini 10 noyabr kuni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deb yozmoqda Reuters. Parvoz Parij yaqinidagi Cormeilles en-Vexin’dagi Pontoise havo yo‘lida an’anaviy tirbandlik boshlangan vaqtda o‘tkazilgan.
2 nafar yo‘lovchini tashishga moslashgan taksi, osmonda to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda harakatlanadi. Uni haydovchi boshqarmaydi.
Parvoz testida qatnashgan Paul Stonening aytishicha, dron taksida 8ta parrak bo‘lgani va raqamli uchish tizimi borligi uchun uni boshqarish va harakatlanish oddiy vertolyotdan ancha oson.
German air taxi maker Volocopter conducted the first flight of its electric air taxi in conventional air traffic outside of Paris pic.twitter.com/UlxUQDpmYP
— Reuters (@Reuters) November 11, 2022
2024 yilda Parijda Yozgi Olimpia o‘yinlari o‘tkaziladi. Kompaniya o‘sha vaqtgacha dron taksilarini aholiga foydalanish uchun topshirishni reja qilyapti. Lekin hali dron taksilar bilan bog‘liq infrastruktura, havo yo‘llari bo‘yicha qilinadigan ishlar bor. Shuningdek, ularga aholi moslashishi uchun ham vaqt kerak. Kompaniya rahbari Dirk Hokening ma’lum qilishicha, keyingi 18 oy dron taksi uchun sertifikat olishga sarflanadi.
Volocopter uchar taksilar uchun sertifikat olishga harakat qilayotgan yagona kompaniya emas. Uning o‘zining uchar taksilarini yaratayotgan Lilium, Joby Aviation va Airbus kabi raqobatchilari bor va ular bozorga kim birinchi kirishi bo‘yicha poygaga kirishishgan.
Mavzuga oid
09:53
Voronej yaqinidagi sanoat korxonasiga dronlar hujum qildi
13:18 / 19.11.2024
O‘quvchilar o‘rtasida kibersport va dronlar bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi
08:31 / 14.11.2024
Parij prokuraturasi Marin Le Penga 5 yillik qamoq jazosini talab qilmoqda
17:37 / 12.11.2024