Jamiyat | 18:53 / 13.11.2022
16326
4 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: “Ishchi guruh” a’zolari ishlab chiqarish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi holatini o‘rganish maqsadida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bo‘ldi

Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish borasida qilinayotgan ishlar hamda ishlab chiqarish holatini o‘rganish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari Buxoro neft qayta ishlash zavodida bo‘ldi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Tashrif chog‘ida tashkilot mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda korxonaning joriy faoliyati bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi. Zavod faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalarning taqdimot ko‘rgazmalari namoyish etildi. 2022 yil yakunlari, iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.

O‘z navbatida, bugungi kunda korxonaning ishlab chiqarish, transport va energetika infratuzilmasi obektlarini kuz-qish mavsumiga keng ko‘lamli tayyorlash ishlari olib borilgani bo‘yicha hisobot berildi. Xususan, kompleks profilaktika va ta’mirlash, jihozlarni diagnostika qilish ishlari olib borilib, obektlarni texnologik xavfsizlik uskunalari bilan jihozlashga katta e’tibor qaratildi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi direktori Akbar Fazilov 2023 yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish rejalari va korxonaning energiya resurslarini optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida axborot berdi.

Xususan, zavodda energiya resurslari sarfini kamaytirish, xomashyodan foydalanishni optimallashtirish va yuqori sifatli neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha ishlab chiqarish samaradorligini oshirish dasturi ishlab chiqildi.

Yig‘ilishda korxonaning asosiy maqsadi ham ichki, ham tashqi bozorda munosib raqobatlasha oladigan yuqori sifatli mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi jahon bozorlaridagi o‘zgarish va o‘zgarishlar tendensiyasini hisobga olgan holda, o‘z strategik qarashlar va strategik yo‘nalishga ega bo‘lish zarurligini ta’kidladi.

Energetika xavfsizligi va barqaror rivojlanishni ta’minlash, tizim korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish “O‘zbekneftgaz” AJning birlamchi vazifasi hisoblanadi. Tizimning jadal rivojlanayotgan jahon bozoridagi o‘z o‘rnini sezilarli darajada mustahkamlash imkonini beradigan yangi loyihalarni amalga oshirish zarur.

Boshqaruv raisi tomonidan Buxoro NQIZning yaqin yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. Muhokama chog‘ida korxonaning asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini ta’kidlab, uzoq muddatli vazifalarni belgilagan holda uzluksiz rivojlanish muhimligini aytib o‘tdi.

Tashrif davomida, Qorovulbozor shahridagi quyish-to‘kish estakadasini rekonstruksiya qilish loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan tanishdi.

Qurilmaning asosiy konstruksiyalari bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi va bugungi kunga qadar amalga oshirilgan qurilish hajmlari namoyish qilindi.

Ishlarning borishi bilan bog‘liq muammoli masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan sayyor yig‘ilish o‘tkazilib, unda “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi obektlarni o‘z vaqtida qurib topshirishni tezlashtirish bo‘yicha yechimlarni belgilab berdi. “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi ishchi tashrifi so‘ngida neft-gaz sanoatining ustuvor maqsad va vazifalari belgilandi va har bir korxonaning rivojlanishi muhimligi ta’kidlandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid