Latviya prezidenti Egils Levits Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini tekşiriş uçun maxsus tribunal yaratiş ğoyasini qöllab-quvvatladi. U 13 noyabr, yakşanba kuni Germaniya Bundestagida Milliy qayğu kuni munosabati bilan ötkazilgan tantanali marosimda sözga çiqib, jahon hamjamiyatini Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy tajovuzini tekşiriş va huquqiy baho berişga çaqirdi.
Levits Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini tergov qiliş hali heç bir xalqaro sud vakolatiga kirmasligini «xalqaro huquqdagi böşliq» deb atadi. Siyosatçining fikriça, huquqiy nuqtayi nazardan maxsus tribunal tuziş mumkin, bunga faqat siyosiy iroda kerak.
U Ğarb davlatlari tomonidan muzlatib qöyilgan Rossiya aktivlarini Ukrainani tiklaşga yönaltiriş uçun qonuniy imkoniyatlar yaratişni taklif qildi. Bu oddiy adolatning yaqqol körinişi bölar edi, deya ta’kidladi Latviya prezidenti. Yevropa öz mudofaasiga töğri sarmoya kiritib, demokratiya va Yevropa qadriyatlari uçun kuraşayotganlar bilan birdamlik körsatişi kerak, dedi u nemis tilida sözlagan nutqida.
«Xalqaro huquqqa asoslangan dunyo tartibi bölmasa, dunyo yana jangovar anarxiyaga tuşib qoladi», deya qöşimça qildi Levits Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi va Ikkinçi jahon uruşi davridagi Germaniya milliy sotsializmi örtasidagi öxşaşliklarni keltirib. Latviya prezidenti nemis jamiyatining demokratik qadriyatlar mustahkam poydevori barpo etilgan «ötmişini şafqatsiz fikrlaşini»ini ijobiy baholadi. Öz navbatida, rus jamiyati, uning sözlariga köra, buni qilmadi.
«Ötmişni baholaşdek qiyin işni bajara olmaslik rus imperializmining qöpol mafkurasini qayta tiklaşga yöl oçdi», dedi Levits. U bu mafkuraga qarşi muvozanat sifatida demokratiyani içki va taşqi tomondan mustahkamlaşga çaqirdi. Tarix şuni körsatadiki, demokratiyaning zaifligi uruş va zöravonlikka olib kelişi mumkin, deya qöşimça qildi u.
Germaniyada Milliy qayğu kunida uruşlar va hokimiyatning özboşimçaliklari qurbonlari xotirasi yodga olinadi. U 1952 yildan beri birinçi adventdan ikki hafta oldin, noyabr oyida nişonlanadi. Har yili bu kunda Bundestagda rasmiy xotirlaş marosimi ötkaziladi. Bu yil asosiy e’tibor Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga qaratildi, Egils Levits taklif etilgan ma’ruzaçi sifatida qatnaşdi.














