Latviya prezidenti Edgars Rinkeviçs 3 noyabr kuni mamlakatning bir palatali parlamenti — Seymga — ayollarga nisbatan zöravonlik va oilaviy zöravonlikning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş töğrisidagi Yevropa kengaşi konvensiyasini (Istanbul konvensiyasi) denonsatsiya qiliş töğrisidagi qarorni qayta körib çiqiş talabini yölladi.

Prezident bayonotida aytilişiça, bir çaqiriq davomida konvensiyani ham ratifikatsiya qiliş, ham denonsatsiya qiliş «Latviya jamiyatiga ham, Latviyaning xalqaro hamkorlariga ham» mamlakatning xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarişga tayyorligi haqida ziddiyatli signal yuboradi. Davlat harakatlaridagi bunday noaniqlik va başorat qilib bölmaslik Yevropa huquqiy maydonida nomaqbul, deyiladi davlat rahbarining rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.

Rinkeviçs ta’kidlaşiça, 30 oktyabr kuni Seym tomonidan qabul qilingan Istanbul konvensiyasini denonsatsiya qiliş qarori Yevropa maydonida kutilmagan holat bölib, «umumevropa qonun ustuvorligi arxitekturasi»ni xavf ostiga qöyişi mumkin. «Latviya YeIda inson huquqlari böyiça xalqaro şartnomadan çiqadigan birinçi davlatga aylanadi», — dedi u. Prezident, şuningdek, qaror Seymning özi belgilagan 9 oktyabr muddati tugamasidan qabul qilinganidan norozilik bildirdi. U muddatgaça vazirlar mahkamasi zöravonlikka qarşi milliy huquq normalarini almaştiruvçi qonunni işlab çiqişi kerak edi.

Latviya konstitutsiyasining 71-moddasiga muvofiq, prezident Seym qonunni qabul qilgan kundan boşlab 10 kun içida uni qayta körib çiqişni talab qilişi mumkin. Biroq agar deputatlar bu talabni rad etsa, davlat rahbari ularning pozitsiyasiga ta’sir körsata olmaydi.

30 oktyabr kuni Istanbul konvensiyasini denonsatsiya qiliş töğrisidagi qonunning ikkinçi va yakuniy öqişida deputatlar örtasidagi debatlar 12 soatdan ziyod davom etdi. Qaror tarafdorlari konvensiya matni «an’anaviy oilaviy rolni zaiflaştiradi», deb hisobladi. Xususan, «gender» va «gender identifikatsiyasi» tuşunçalarining ta’riflari «latiş an’analariga begona» ekani va maktablar hamda davlat siyosati orqali «ideologiyani singdirişi» mumkinligi norozilik keltirib çiqardi.

Qarşilar esa tarafdorlarni «şarqqa nigoh»da ayblab, asosiy ittifoqçi — AQŞ tomon qaraşni taklif qildi. «Bilmaydiganlar uçun eslataman: AQŞ prezidenti Donald Tramp woke-madaniyat, genderizm va nazoratsiz migrantlar oqimiga qarşi çiqqan ilk şaxslardan biri bölgan. Şunda masala butunlay boşqaça köriniş oladi», — dedi muxolifat deputati Linda Liyepinya.

Qonun körib çiqilişidan oldin Yurmaladagi Latviya parlamenti binosi oldida minglab odamlar konvensiyani denonsatsiya qilişga qarşi çiqiş uçun töplandi. Norozi bölganlar oilaviy zöravonlikka qarşi şiorlar kötarib, deputatlarni populizm va «zöravonlarni himoyaga oliş»da aybladi. Ayrim namoyişçilar Latviya hokimiyatini «Rossiyaga taqlid qiliş»da aybladi, çunki Moskva Yevropa kengaşi tomonidan 2011 yilda işlab çiqilgan konvensiyani imzolamagan.

Politsiya ma’lumotlariga köra, aksiyada taxminan 5000 kişi qatnaşdi. Miting turli hodisalarsiz ötdi.