Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya Ukrainaga yana 21 ta Patria 6x6 zirhli transportyorini topshirdi
Latviya RF hujumiga qarshi Ukrainaning mudofaa kurashini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda. Kiyev yana 21 ta Patria 6x6 zirhli transportyorini qabul qildi, ularni Ukraina mudofaa vaziri Denis Shmixal 6 noyabr kuni Adaji harbiy bazasiga tashrifi chog‘ida qabul qilib oldi.
Foto: TASS/dpa/picture-alliance/Alexander Welscher
“Patria’larni topshirish do‘stlik, sheriklik va qo‘limizdan kelgancha hissa qo‘shishga tayyorligimizni namoyon etadi”, — dedi Latviya mudofaa vaziri Andris Shpryuds. Uning ta’kidlashicha, YeI va NATO a’zosi bo‘lgan ushbu Boltiqbo‘yi mamlakati “Ukrainani doim qo‘llab-quvvatlagan va bundan buyon ham chin dildan qo‘llab-quvvatlaydi”.
Shmixal Latviyaga zirhli transportyorlar uchun minnatdorlik bildirdi. Uning ta’kidlashicha, dronlar va boshqa yangi texnologiyalar rivojiga qaramay, an’anaviy qurol-aslaha tizimlari hamon hal qiluvchi o‘rin tutadi.
“Bu mashinalar — samarali texnika, ular jangchilarning hayotini saqlab qoladi”, — dedi vazir. Joriy yilda jami hisobda Latviya Ukrainaga 42 ta zirhli transportyor topshirgan.
Ukraina uch yil yarimdan ortiq vaqtdan beri g‘arb ittifoqchilari yordamida Rossiya hujumiga qarshi kurashmoqda. Rossiya va Belarus bilan qo‘shni bo‘lgan Latviya Kiyevning eng qat’iy tarafdorlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Shpryudsning so‘zlariga ko‘ra, bu yil mamlakat Kiyevga YaIMning taxminan 0,3 foizi miqdorida harbiy yordam ajratadi.
Mavzuga oid
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
23:21 / 04.12.2025
Ukraina aholisi 42 milliondan 36 milliongacha kamaydi – OAV
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
21:45 / 04.12.2025