Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mikolayivda onasi bilan ko‘rishgan askar, Xersonda talonchilar ovi. Urush suratlari
Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti xabariga ko‘ra, Xersonning boy berilishi Rossiyada urush tarafdori bo‘lgan va Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlovchi amaldorlar o‘rtasida bo‘linishni kuchaytirgan. Shuningdek, harbiy ekspertlar RF qurolli kuchlari rahbariyati turlicha bo‘linmalardan yagona armiya tuza olmaganini aytishmoqda. Vagnerchilarga aloqadorligi aytiladigan Gray Zone telegram-kanali xususiy harbiy kompaniyaning sobiq jangchisi qatl etilgani aks etgan videoni e’lon qildi, u yozda Yevgeniy Prigojin tomonidan qamoqxonada yollanganlardan biri bo‘lgan. Prigojinning o‘zi rolikni «ajoyib rejissyorlik ishi» deb atadi. Gulagu.net loyihasining Kiyevdagi manbasi esa ushbu jangchi harbiy asirlar almashinuvi doirasida qaytarilganini ma’lum qilgan. «Ukrzaliznytse» (Ukraina temiryo‘llari) ozod etilgan Xerson bilan tez orada temiryo‘l qatnovi tiklanishini xabar qildi. Ammo rasmiylar Xerson oblastining ozod etilgan qismi aholisini rossiyaliklar zarbalari berilishi xavfi yuqori ekani tufayli boshqa hududlarga evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi.
Quyida 13 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xerson va shahar atrofidagi ozod etilgan boshqa qishloqlardagi hayot
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Kiyev va Kiyev oblastida Benksi ishlari qidirilmoqda
12 noyabr kuni Kiyev atrofida vayron bo‘lgan Borodyanka shaharchasida Benksi ishlarini eslatuvchi uslubdagi uchta graffiti paydo bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay taniqli anonim rassom bu ishlardan biri o‘ziga tegishli ekanini tasdiqladi. Shundan keyin Kiyev va uning atrofidagi shaharlarda Benksi strit-art namunalarini yodga soluvchi bir qancha graffitilar paydo bo‘lgan. Ularning muallifligi tasdiqlanmagan, ammo ular allaqachon muxlislar tashrif buyuruvchi joylarga aylangan. Bunday graffitilardan birinchisi o‘n kun muqaddam Kiyevda — Maydanda paydo bo‘lgandi. Endi uni ham Benksi chizganini aytishmoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Ed Ram / Getty Images
Mavzuga oid
22:35 / 11.12.2025
AQSh Ukrainada dunyodagi eng yuqori texnologiyali demilitarizatsiya zonasini yaratishga va’da berdi
16:46 / 11.12.2025
Zelenskiy ofisi rahbarligiga 5 nomzod. Bu haqida nimalar ma’lum?
15:58 / 11.12.2025
UXX Odessada RFning «yashirin floti» kemasi qo‘lga olingani haqida xabar berdi
15:31 / 11.12.2025