Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA prezidenti JCh-2022 vaqtida barcha to‘qnashuvlarni to‘xtatishga chaqirdi
FIFA prezidenti Janni Infantino Indoneziyadagi G20 sammiti ishtirokchi mamlakat rahbarlariga murojaat qilib, mundial vaqtida barcha qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Foto: Reuters
«Futbol — bu yaxshilik uchun kuchdir. Futbol dunyodagi muammolarni hal qila olishiga ishonish – xomxayollik emas. Asosiy maqsadimiz – sport bo‘yicha tashkiliy ishlar ekanini yaxshi anglaymiz. Futbol odamlarni birlashtirishini inobatga olsak, 5 milliard odam tomosha qiladigan bo‘lajak jahon chempionati tinchlik uchun ijobiy turtki bo‘lishi mumkin.
Rossiya 2018 yilgi jahon chempionatini o‘tkazdi, Ukraina esa 2030 yilgi mundialni o‘tkazishga ariza topshirmoqchi. Ehtimol, 2022 yilgi jahon chempionati tinchlik sari ijobiy turtki bo‘lar. Davlat rahbarlaridan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tadigan bir oy davomida o‘q otishni to‘xtatishni so‘rab qolardim. Tinchlik uchun birinchi qadamni tashlang. Jahon yetakchilarisiz, sizda tarixiy o‘zgarish qilishga imkoniyat bor.
Futbol bo‘yicha jahon chempionati birlashish uchun ajoyib platforma. Shunday ekan, keling bundan foydalanaylik va mojarolarga barham berish uchun qo‘limizdan kelganini qilaylik», - deya Infantino so‘zlarini keltirgan FIFA rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi mundial 20 noyabr – 18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:02 / 01.05.2026
Infantino jonli efirda Isroil va Falastinni yarashtirishga urindi
16:29 / 01.05.2026
Infantino Eron AQShdagi mundialda qatnashishini ma’lum qildi
18:38 / 29.04.2026
FIFA JCh-2026 ishtirokchilariga to‘lanadigan mukofotlarni oshirdi
21:43 / 31.03.2026