Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G20 sammit yakuniy deklaratsiyasida Ukrainadagi urushni qoralashi kutilyapti
G20 sammiti yakunida uning ishtirokchilari tomonidan imzolanishi kerak bo‘lgan yakuniy deklaratsiya matnida Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi qoralanadi, deb yozadi dpa.
G20 sammiti qatnashchilari, dastlabki kelishuvlarda ishtirok etayotgan mamlakatlar vakillari konferensiya yakunlari bo‘yicha unda ishtirok etuvchi davlat rahbarlari, Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel tomonidan imzolanishi kerak bo‘lgan rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha kelishib oldilar. Bu haqda Balida bo‘lgan Mishel 15 noyabr, seshanba kuni ertalab jurnalistlarga ma’lum qildi. Dpa agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, kommyunike matnida Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushi qoralangan, biroq Rossiya tomoni hujjatni norasmiy ma’qullagan.
«Katta yigirmatalikka a’zo davlatlarning aksariyati Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qoralashlarini va bu urushni dunyodagi ulkan iqtisodiy va gumanitar iztiroblar sababchisi sifatida ko‘rishlarini ochiq aytadilar», — deya iqtibos keltiradi agentlik o‘z nomini oshkor etmagan AQSh rasmiysining so‘zlaridan.
Dpa manbalariga ko‘ra, Rossiya tomoni BMTning urush bo‘yicha pozitsiyasi yakuniy deklaratsiya matnida keltirilishi mumkinligiga rozi bo‘lgan. Shu bilan birga, avvalroq Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasi Ukraina hududlarining Rossiya tomonidan annexia qilinishini qoralagan va Rossiya bu xulosaga qarshi chiqqan edi. Ammo agentlik ta’kidlaganidek, sammitda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rniga ishtirok etayotgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hujjatda hech bo‘lmaganda harbiy mojarolarda yadro qurolidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida eslatib o‘tilganini ochiq qo‘llab-quvvatladi.
G20 sammiti doirasida, u rasmiy boshlanishidan bir kun oldin, Balida AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Jinping o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi – ular davlat rahbarlarining birinchi rasmiy shaxsiy uchrashuviga aylandi. Suhbat davomida Bayden va uning xitoylik hamkasbi birgalikda Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqidagi tahdidlarini qoraladi, deyiladi Oq uy yakuniy bayonotida.
Bundan tashqari, sammit yakunida Rossiya pozitsiyasi tufayli bekor qilinishi mumkin bo‘lgan «g‘alla bitimi»ni uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Avvalroq, YeI, AQSh va Buyuk Britaniya vakillari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llash qoidalarini tushuntirib berib, unda kelishuvni uzaytirish zarurligini alohida qayd etgan edi.
12 noyabr kuni esa G20 davlatlari 1,4 milliard dollarlik COVID-19 pandemiyasi bilan kurash jamg‘armasi yaratilishini e’lon qildi. Bu mablag‘lar kelgusi besh yil ichida sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash va budjetlardagi bo‘shliqlarni bartaraf etishga yo‘naltiriladi.
Rossiya G20 yakuniy rezolyutsiya loyihasiga dastlabki tarzda rozi bo‘lgani haqidagi xabarlarga qaramay, hujjat haligacha imzolanmagan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, Rossiya vakillari so‘nggi lahzada bir necha bor xalqaro konferensiyalar kommyunikesini, shu jumladan Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani ko‘rib chiqish konferensiyasi natijalari bo‘yicha yakuniy hujjatni imzolashga qarshi chiqqandi.
Bundan tashqari, Kyodo agentligining yozishicha, G20 sammitida ishtirokchilarning an’anaviy qo‘shma suratga tushishi G20’ga kiruvchi bir qancha davlatlar yetakchilari Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan bir suratda bo‘lishdan bosh tortgani uchun bekor qilingan. Shunga o‘xshash holat iyul oyida bo‘lib o‘tgan G20 vazirlar sammitida ham kuzatilgan, Lavrov uni tadbir tugashidan oldin tark etgan – konferensiya yakunlari bo‘yicha yakuniy bayonot e’lon qilinmaganiga ham shu sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026