Rossiya Ukrainaning markazi va shimolidagi infratuzilmaga hujum qildi
Rossiya Kiyev va Ukrainaning to‘qqiz viloyatiga raketa zarbalari berdi. Kiyev keskin vaziyat haqida e’lon qildi. Elektr ta’minotida uzilishlar boshlandi.
Rossiya kuchlari energetika infratuzilmasi obektlariga yangi rejalashtirilgan zarba berdi, deb xabar qildi Ukraina prezidenti devonxonasi. «Vaziyat o‘ta og‘ir. Zarbalarning aksariyati mamlakat markazi va shimolida qayd etilgan. Poytaxtdagi vaziyat juda og‘ir», — dedi 15 noyabr, seshanba kuni Telegram'da devonxona rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko.
Xususan, rossiyaliklar Kiyev tomon yana o‘q uzgan. Ukraina poytaxti markazidagi turar joy binolariga ikkita raketa kelib tushdi, deb xabar berdi shahar meri Vitaliy Klichko Telegram'da. «Poytaxtga hujum. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Pechersk tumanida ikkita turar joy binosiga zarba berilgan. Kiyev ustida havo hujumidan mudofaa kuchlari bir necha raketani urib tushirgan. Zarba sodir bo‘lgan joyda shifokorlar va qutqaruvchilar ishlayapti», — dedi u. Keyinchalik u Pechersk tumanidagi ko‘p qavatli uyda yana bir zarba haqida yozgan. Bir kishining jasadi topildi.
Bundan tashqari, Rossiya Qurolli kuchlari Xarkivning muhim infratuzilmasiga, shuningdek, Xarkiv viloyatining Chuguyevskiy tumaniga zarba berdi, buning natijasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjud, deb yozdi Xarkiv viloyati davlat ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov Telegram'da. Lvov meri Andrey Sadoviy shaharda portlash ovozlari eshitilganini aytib, aholini boshpanalarda qolishga chaqirdi. «Shaharning bir qismi elektr energiyasisiz. Bundan tashqari, raketa zarbalari Xmelnitskiy, Rovne, Volin, Jitomir, Vinnitsa, Dnipropetrovsk va Poltava viloyatlariga amalga oshirildi», deb yozadi «Ukrainska pravda» viloyatlar harbiy ma’muriyatlari rahbarlari va shahar merlariga tayanib.
Timoshenkoning so‘zlariga ko‘ra, «Ukrenergo» energetika tizimini muvozanatlash va jihozlarning nosozliklari oldini olish uchun elektr energiyasini favqulodda o‘chirish jarayonini boshlashga majbur. "OPU" boshlig‘ining o‘rinbosari energiyani o‘rtacha hajmda iste’mol qilishga chaqirdi.
O‘z navbatida, Klichko poytaxtda aholining kamida yarmi elektr energiyasiz qolganini aytdi.
Shu bilan birga, Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermakning ta’kidlashicha, Rossiya hukumati tomonidan Ukrainaning yangi ommaviy o‘qqa tutilishi Ukrainaga tovon puli miqdorini oshirishi mumkin. «Ukrainaliklarga ularning fuqarolari to‘laydigan tovon puli miqdorini ko‘paytirayotgan qo‘rqoqlar. Ular urushda g‘alaba qozona olmaydi, biz hammasini tiklaymiz», deb yozdi u Telegram'da.
Mavzuga oid
16:13
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
15:05
Duma Ukrainada jang qilayotganlarning qarzidan kechish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
13:31
Zelenskiy Radaga Ukrainaning «matona rejasi»ni taqdim etdi
12:57