Tramp navbatdagi prezidentlik saylovlariga nomzodini qo‘yishini e’lon qildi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatini ma’lum qildi.
Respublikachilar partiyasi yetakchisi yordamchilari Federal saylov komissiyasiga uning nomzodini ilgari surish uchun rasman ariza topshirgan, o‘zi esa Floridadagi qarorgohida yig‘ilgan tarafdorlariga murojaat qilgan.
«Amerikaning qaytishi hozirdan boshlanadi!» - degan Tramp.
U Oq uyda o‘tgan to‘rt yillik davrni faxr bilan tasvirlagan.
«Bu qisqa to‘rt yil ichida hammasi ajoyib edi. Barchasi avval hech qachon bo‘lmagan darajada gullab-yashnadi», degan u.
Tramp u lavozimdan ketar chog‘i iqtisodiyot koronavirus epidemiyasi tufayli yuzaga kelgan tanazzuldan tezlik bilan tiklanayotgan bo‘lganini aytgan.
«Endi esa biz tanazzulga yuz tutgan mamlakatmiz», deya davom etgan u va mamlakatdagi inflatsiya darajasi so‘nggi 40 yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetganini eslatgan.
Tramp shuningdek AQShning amaldagi prezidentini «Ukrainadagi mojaroni eplay olmasdan mamlakatni yadro urushi yoqasiga keltirib qo‘ygani» uchun tanqid qilgan.
«Hatto bugunning o‘zida Rossiyadan uchirilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan raketa Polshaga uchib keldi. Odamlar butkul g‘azablangan va sarosimaga tushgan. Ular juda va juda g‘azabda», degan Donald Tramp.
«Amerikani yana buyuk va shonli qilish uchun men o‘z nomzodimni Qo‘shma Shtatlar prezidentligi lavozimi uchun ilgari suraman», deya e’lon qildi u yig‘ilganlar olqishlari ostida.
U «atrofida bu qadar ko‘p muhabbat bo‘lganida» odamlar qarshisida gapirish o‘zi uchun nihoyatda oson ekanini aytgan.
Tramp shu lahzadan e’tiboran 2024 yilgi saylov kuniga qadar tarixda kuzatilmagan kurashni olib borishga va’da bergan.
«Biz mamlakatimizni ichkaridan yo‘q qilishga urinayotgan Demokratik partiyaning radikal so‘llarini mag‘lub etamiz», deya chiqishini yakunlagan u.
Donald Tramp — AQShning hisob bo‘yicha 45-prezidenti bo‘lgan, u mamlakatni 2017 yil yanvaridan 2021 yil yanvariga qadar boshqargan.
Mavzuga oid
19:09 / 19.11.2024
Tramp Moskva va Tehronning ittifoqini parchalay oladimi?
13:12 / 19.11.2024
Tramp sobiq kongressmen Daffini transport vaziri lavozimiga taklif qildi
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
15:30 / 18.11.2024