Jahon | 17:27 / 17.11.2022
7654
2 daqiqa o‘qiladi

Aloqa guruhi Kiyevga yangi qurollar yetkazib berilishini e’lon qildi

Olti davlat Ukrainani qo‘shimcha artilleriya va tankka qarshi qurollar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, o‘q-dorilar, qishki texnika bilan ta’minlaydi.

Foto: Reuters

17 noyabr, chorshanba kuni kechqurun onlayn tarzda yakunlangan Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhining («Ramshtayn» formati) bir qator a’zo davlatlari Kiyevga yangi qurol yetkazib berishini e’lon qildi. «Germaniya yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun zarur bo‘lgan zenit qurollari, artilleriya va o‘q-dorilarni yetkazib berishni davom ettiradi. Gretsiya 155 millimetrlik artilleriya snaryadlarini topshirishini e’lon qildi», - dedi AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin.

Kanada, o‘z navbatida, Kiyevga 34 million dollar miqdorida yordam beradi. Xususan, gap harbiylar uchun qishki jihozlar, dronlar uchun kameralar, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari haqida bormoqda. Qayd etilishicha, Kanada «qishki jihozlarning eng yirik donorlaridan biri bo‘lib qolmoqda». 

Shvetsiya Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan birga 287 million yevro miqdorida harbiy yordam beradi. Ispaniya ikkita qo‘shimcha Hawk zenit-raketa kompleksi va ularga raketalarini topshiradi. Bundan tashqari, Polsha qo‘shimcha artilleriya va tankka qarshi qurollar, shuningdek, qisqa masofali havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishga va’da berdi.

«Ushbu yordamning barchasi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, xuddi aloqa guruhi yordamida xavfsizlik yordamimizni muvofiqlashtirish kabi», - deya xulosa qildi Pentagon rahbari. 

Mavzuga oid