Xöjayevning tuşuntirişiça, elektr ta’minotidagi uzilişlarning eng asosiy sababi – gaz tanqisligi. Çunki elektr energiyasining 90 foizi issiqlik elektr stansiyalarida işlab çiqariladi.

“Men oçiq ayta olaman, bugungi kunda elektr ta’minotidagi uzilişlarning 90 foizining sababi – elektr tarmoqlarining eskirgani yoki quvvati kamligi emas, balki elektr stansiyalarimizda elektr energiyasini işlab çiqariş uçun yoqilği yetişmasligidir”, – dedi u.

Quyida turli jurnalistlar bergan savollar va ularga vazir örinbosarining javoblari keltirib ötiladi.

— Avvalgi hokimiyat davrida «Lukoyl» kompaniyasi bilan gaz qazib çiqariş böyiça tuzilgan uzoq muddatli şartnoma şartlari davlat va jamiyat manfaatlariga zid bölgani haqida aytiladi. Mamlakat içidagi gaz tanqisligi bilan boğliq vaziyatga sabablardan biri ham aynan mana şu şartnoma ekani taxmin qilinadi. Hukumat şartnoma şartlarini özgartirişni öylamayaptimi?

— «Lukoyl» kompaniyasi bir kunlik rejasini 101,4 foizga bajargan. Oy boşidan qarasak ham içki bozorga yönaltiriş böyiça barça majburiyatlarini bajaryapti. Şartnoma şartlaridan kelib çiqqan holda Özbekiston manfaatlariga zid yoki zid emas deb bugungi kunda baho berişimiz birmunça notöğri. Çunki şartnoma tuzilayotgan vaqtdagi şaroit qaysidir şartnomaning parametrlarini taqozo etgan. Lekin gaz taqçilligi bu şartnoma şartlariga boğliq emas. Bu kompaniya ham öz majburiyatlarini bajaryapti.

– Respublikaning aynan çekka hududlarida 10-12 soatlab tok öçirilişi haqqoniymi?

– Yöq, bir soat öçirilişi ham haqqoniy emas. Bu bugungi kunda majburlikdan körilgan çora. Har kuni surunkali ravişda 12 soatlab öçirilayotgan hududlar haqida ma’lumot bersangiz, buni örganib çiqamiz. Çeklovlar jadvali işlab çiqilgan. Qaysidir hududlarda çeklov jadvallariga rioya qilmasdan, yarim soat yo bir soat örniga 12 soat öçirilayotgan bölsa, birinçi navbatda buning sababini örganamiz, ikkinçi navbatda agar inson omili bölayotgan bölsa, ana şu xodimlarga nisbatan çora köramiz.

— Qozoğiston, Turkmanistondagi ahvol bizdan yaxşiligiga guvoh bölyapmiz. Nimaga ularda ahvol yaxşi-yu, bizda açinarli?

— Oçiq aytişim mumkinki, elektr energiyasiga bölgan talabning ösişi sur’atlari borasida bizga qöşni birorta mamlakatni Özbekiston bilan soliştirib bölmaydi. Ya’ni oxirgi 5 yilda elektr energiyasi işlab çiqariş, yetkazib beriş yillik hisobda eng yuqorisi Özbekistonda. Birorta qöşnimizda yillik 7-8 foiz (elektr energiyasiga talab oşişi) yöq.