Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MH-17 ishi bo‘yicha Haaga sudi hukmi: Rossiya aloqadorligini bildiruvchi 7 asosiy isbot
Haaga sudi Malayziya «Boing»i 2014 yilda donetsklik ayirmachilar tomonidan urib tushirilganini tan oldi. Tribunal ma’lumotlariga ko‘ra, Pershotravnevoye (Pervomayskoye) qishlog‘i tomondan «Buk» zenit-raketa kompleksidan raketa uchirishgan. O‘sha paytda (hozirgacha ham) qishloq «DXR» nazorati ostida bo‘lgan.
Hukmga ko‘ra jinoyatda FSBning iste’fodagi zobiti, o‘sha paytda «DXR» mudofaa vaziri bo‘lgan Igor Girkin (Strelkov) va uning qo‘l ostidagilar — Sergey Dubinskiy va Leonid Xarchenko aybdor deb topilgan. 298 kishining o‘limi aynan ularning zimmasida.
Sudning asosiy dalillari:
RF «DXR»ni o‘z nazorati ostida ushlagan. Fojia vaqtida o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi Rossiya Federatsiyasi nazorati ostida bo‘lgan. Bu haqda ayirmachilarning RF prezidenti administratsiyasi bilan telefon so‘zlashuvlari ham guvohlik berib turibdi. Igor Girkin (Strelkov) Vladislav Surkov bilan aloqaga chiqqani ma’lum.
Jasadlardagi izlar. Sud samolyot aynan «Buk»dan uchirilgan raketa bilan urib tushirilganini isbotlangan fakt o‘laroq qabul qildi. Halok bo‘lgan yo‘lovchilarning jasadlari o‘rganilgach shunday xulosaga kelingan. Ulardan birining tanasidan kapalak shaklidagi metall parchasi topilgan — bunday vayron qiluvchi elementlar aynan «Buk» raketalari ichida bo‘ladi.
Fojia joyidan fotolar. «Boing» aynan «Buk» vositasida urib tushirilganining asosiy dalillari orasida Internetda e’lon qilingan fotosuratlar bo‘ldi. Ularda osmondagi yorug‘lik va inversiya izlari ko‘rinib qolgan.
Guvoh ko‘rsatmasi. Guvohlardan biri ham fojia kunida gumburlash ovozini eshitganini va ortidan tutunli iz qoldirgan raketani ko‘rganini hikoya qilib bergan. Keyin u osmondan samolyot qulayotganini ko‘rgan. Shundan so‘ng uning oldidan bitta raketasi joyida bo‘lmagan «Buk» ZRK o‘tib ketgan. Bu guvoh anonim bo‘lib qoldi va sudda X58 taxallusi ostida o‘tgan.
Ayirmachilarning iqrori. Fojia ro‘y berganidan keyin darhol «DXR» jangarilari LifeNews’ga samolyot urib tushirganini aytib maqtanishgan. (Ular Ukraina harbiy havo kuchlarining An-26 samolyotini urib tushirdik deyishgan).
Samolyotni adashib urib tushirishgan. Oldingi fakt garchi raketa uchirishi qasddan amalga oshirilgan bo‘lsa-da, «DXRchilar» samolyotni harbiy uchoq deb o‘ylashganidan dalolat beradi. Biroq sud bu xato g‘araz niyat darajasini kamaytira olmaydi, deb hisoblagan.
Izlarni yashirishga urinish. Ayirmachilar fuqarolik laynerini urib tushirishganidan so‘ng «Buk» ZRKni izlarni yashirish maqsadida shoshilinch tarzda Rossiya hududiga jo‘natishgan. Biroq buni maxfiy tarzda amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan — rossiyaliklar tomonidan olib chiqilayotgan «Buk» tasviri ko‘plab fotosuratlardan joy olgan.
Mavzuga oid
16:13 / 22.06.2026
Ukraina Voronejdagi mudofaa zavodiga hujum qildi – fotolar
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026