20:59 / 17.11.2022
9729

Qishki ta’til oldidan talab­­­­­­­­­alarga chegirma e’lon qilindi

«Uzbekistan Airways» 22 dekabrdan 10 yanvargacha bo‘lgan mahalliy aviaqatnovlarning ekonom-klassi uchun 50 foizli chegirma e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, bu chegirma faqatgina talabalar uchun beriladi.

Buning uchun OTMda o‘quvchilar Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki hududdagi aeroport aviakassasiga borishi, talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-kartani taqdim etishi kerak bo‘ladi.

Top