Toşkent şahrida kursdoşlari bilan çömilişga borgan 20 yoşli talaba Börijar kanaliga çökib ketdi. Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, hodisa 19 iyun kuni sodir bölgan.

Şu kuni soat 12:10 larda Jahon tillari universitetining 3-bosqiç talabasi Surxondaryo viloyati Denov tumanida tuğilgan M.I. ikki nafar kursdoşi bilan Börijar kanalining Yakkasaroy tumanidan oqib ötgan qismiga çömilişga borgan.

Talaba kanalga tuşgaç suv sovuq va oqim tezligi tufayli Börijardan suzib çiqolmay oqib ketgan. Toşkent şahar FVB qutqaruvçi ğavvoslar tomonidan talabaning jasadi uç soatdan söng kanaldan topilgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Çilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, 2024 yil aprel oyida Börijar kanaliga uç kişi çökib ketgandi. Öşanda ona va bolaning çökayotganini körgan xitoylik erkak ularni qutqarişga oşiqadi va özi ham çökib ketadi.