Jahon | 07:26 / 17.11.2022
9744
3 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Polshaga Rossiya raketasi qulaganiga ishonch bildirdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Polshaga Ukrainaning emas, balki Rossiyaning raketasi qulaganiga ishonch bildirdi. 

Foto: president.gov.ua

Ukraina rahbari bu pozitsiyani mamlakat ommaviy axborot vositalari uchun o‘tkazgan matbuot anjumanida bildirdi

«Shaxsan o‘zim taqdim etilgan kechki hisobotga shubha qilmayman – Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchukdan tortib Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniygacha. Ishonchim komilki, bu bizning raketa yoki bizning raketa zarbamiz emas edi. Ularga (harbiylarga) ishonmaslikdan ma’no yo‘q. Men ular bilan butun bir urushni boshdan kechirdim», — dedi Zelenskiy. 

«Menda juda oddiy pozitsiya bor: Ukrainaga o‘z o‘rnini egallashga imkon berish mumkinmi?» – deb so‘radi Ukraina rahbari. «Menimcha, bunga haqqimiz bor», — deya qo‘shimcha qildi u.

Qo‘shma Shtatlar va uning NATOdagi ittifoqchilari Polshada ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan portlash bo‘yicha surishtiruv ishlariga yordam beradi, biroq dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unga sabab bo‘lgan raketa Rossiyadan uchirilgan bo‘lishi mumkin emas, deb ma’lum qildi AQSh prezidenti Jo Bayden. 

Raketa Rossiya hududidan uchirilgan deb aytishga hali ertami, degan savolga Bayden shunday javob berdi: «Buni inkor etuvchi dastlabki ma’lumotlar bor. To‘liq tekshirmagunimizcha bu haqda gapirishni istamayman, lekin trayektoriya nuqtayi nazaridan, u Rossiyadan uchirilgani dargumon». AQSh va NATO davlatlari qandaydir harakat qilishdan oldin to‘liq surishtiruv o‘tkazadi, deya qo‘shimcha qildi u.

Bayden G7 davlatlari va NATO yetakchilari bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi hamda Polshaning Ukraina bilan chegaradosh Pshevoduv qishlog‘ida sodir bo‘lgan voqeani muhokama qildi. U yerda, Polsha Tashqi ishlar vazirligi va Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Rossiyada ishlab chiqarilgan raketa qulagan.

Mavzuga oid