Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
23 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importi uchun imtiyozlar muddati uzaytirildi
Prezident “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Prezident farmoni bilan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importi uchun bojxona imtiyozlari muddati 2023 yil 1 iyulgacha uzaytirilmoqda.
Aholini ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar bilan ta’minlash hamda ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib ketishining oldini olish maqsadida qabul qilingan farmonga ko‘ra, quyidagi imtiyozlar muddati 2023 yil
1 yanvardan 2023 yil 1 iyulga qadar uzaytirilmoqda:
- import qilinadigan 23 turdagi birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht mahsulotlari, baliq, sut mahsulotlari, tuxum, mevalar, sitrus mevalar, o‘simlik yog‘i, boshqa oziq-ovqat mahsulotlari) uchun import bojxona bojining “nol” stavkalarini qo‘llash;
- savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik berish rejimini nazarda tutmaydigan mamlakatlardan import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga bojxona bojining ikki baravar stavkasini qo‘llamaslik.
Ushbu imtiyozlar prezidentning 2022 yil 1 iyundagi farmoni bilan 2023 yil 1 yanvarga qadar berilgan edi. Mazkur imtiyozlar tufayli tashqi savdo aloqalari geografiyasi ham kengaygan. Jumladan, Ekvador, Eron va Norvegiya davlatlaridan oziq-ovqat mahsulotlari import hajmlari oshgan. Argentina va Serbiya davlatlaridan esa birinchi marta import amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
21:08 / 14.03.2026
O‘limni tezlashtirayotgan oziq-ovqatlar | SUBYEKTIV
09:08 / 14.03.2026
Lahor–Toshkent yo‘nalishidagi ilk yuk reysi 17 tonna go‘sht olib keldi
08:41 / 14.03.2026
Toshkent shahri oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda yetakchi bo‘ldi
12:39 / 25.02.2026