Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo e’lon qilindi
Bugun respublika hududiga janubiy siklon kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga respublika shimoli-g‘arbiy hududlarida yomg‘ir kuchsiz, janubiy va markaziy hududlarda esa o‘rtacha yog‘adi.
Foto: Kun.uz
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 14-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi, bu ushbu kunning me’yoriy qiymatlariga yaqindir.
Ertaga respublika katta qismida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi sababli ko‘rinuvchanlik yomonlashishi mumkin. Ayrim hududlarda shamol 15-20 m/s gacha esishi davom etadi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechasi 3-8 daraja iliqni, kunduzi 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Mavzuga oid
21:32 / 03.05.2026
Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
15:58 / 01.05.2026
Hafta oxirida harorat biroz pasayadi va yomg‘ir yog‘adi
11:52 / 27.04.2026