O‘zbekiston | 19:07 / 18.11.2022
34899
4 daqiqa o‘qiladi

Jetour avtomobillari – oilaviy va salobatli avtomobil ishqibozlari e’tiborida

Foto: Jetour

Qisqa vaqt ichida O‘zbekiston avtobozorida o‘z o‘rnini topgan va eng ko‘p sotilgan Xitoyning Jetour avtomobillari ixlosmandlari birlashishdi.

Zamonaviy, tejamkor benzin dvigatelli, qulaylik va hashamat borasida yetakchi avtomobillar har doim avtoishqibozlari e’tiborini tortadi. 2021 yil sentabr oyida O‘zbekiston avtomobil bozoriga rasman kirib kelgan Jetour brendiga tegishli avtomobillar bu xususiyatlarning barchasiga ega. Xitoyning yirik avtomobil konsernlari bilan hamkorlikda ishlaydigan Auto motors asia avtosaloni Jetour avtomobillarining bir nechta pozitsiyalarini taqdim etmoqda.

Jetour X70:

1.5L turbo dvigateli bilan ECO va SPORT rejimlarida harakatlanuvchi 7 o‘rindiqli avtomobil 100 km masofaga 7,6 litr yoqilg‘i sarflaydi.

Kenglik, balandlik va narx borasida har qanday raqobatchini dog‘da qoldirishi tabiiy.

JETOUR X70 PLUS:

1,6 turbo dvigatel 100 km.ga 7 litr yoqilg‘i sarflaydi. Yengil yechimlar va yuqori qulaylik butun boshqaruvda aks etadi. Farzandlaringiz bilan uzoq masofalarni ham zerikmasdan bosib o‘tish mumkin.

 

JETOUR X90 PLUS:

1,6 turbo dvigatel 100 km.ga 7,5 litr yoqilg‘i sarflaydi. Panorama tom, o‘rindiqlardagi 6 bosqichli “aqlli” isitish tizimi maksimal shinamlikni ta’minlaydi. Haqiqiy adrenalin makoniga sho‘ng‘ishni istaganlar uchun JETOUR X90 PLUS ajoyib tanlovdir. Orqa o‘rindiqlardagi kenglik oilaviy avtomobil shinavandalarining orzusi hisoblanadi.

Kompaniyaning maqsadi faqat avtomobil bilan ta’minlash emas. Ular JETOUR ixlosmandlarini bir joyga jamlash, hamfikr va do‘stona muhitni yaratishga kirishishgan. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda eng ko‘p sotilgan Xitoy avtomobili sifatida JETOUR avtomobillari klubi tashkil etildi. Bu yurtimiz tarixida ilk avtoklub hisoblanadi. Unga Jetour xarid qilgan barcha mijozlar a’zo bo‘lishgan.

Joriy yilning 5 noyabr sanasida rasmiy diller - Jetour avtoklubi a’zolari uchun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi so‘lim go‘shalarga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida klub a’zolari qiziqarli sarguzashtlar va sovg‘alar bilan JETOUR brendi ostida birlashishdi. Bu bilan 3 yillik tajribaga ega kompaniya o‘z mijozlarini har doim qo‘llab-quvvatlashini ifodaladi.

Rasmiy diler tomonidan taqdim etilayotgan modellar:

Jetour X90 Plus

Jetour X70 Plus

Jetour X70

JETOUR rasmiy dileri tomonidan mijozlarga:

 Talab yuqori bo‘lgan JETOUR avtomobillarini yetkazib berish;

 5 yil yoki 150.000 km kafolat muddati;

Respublika bo‘ylab avtomobilning barcha turdagi ehtiyot qismlar sotuvi hamda servis xizmatlari ta’minlanadi.

Respublikaning barcha hududlarida filiallarini ochish rejalashtirilgan.

Murojaat uchun:

+998 91 033 03 03

+998 91 055 03 03

+998 78 113 13 78

Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani KHAY 54

Google maps : https://goo.gl/maps/gxbYJGdL2C8GZn38A

Yandex : https://yandex.uz/maps/-/CCUyAXXa~D

Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:

Telegram|Instagram|YouTube

Reklama

Mavzuga oid