Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida Jetour G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi
Jetour Oqtosh ko‘prigidan o‘tayotib G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi. FVV qutqaruvchilari maxsus texnika yordamida avtomobilni suvdan olib chiqdi. Haydovchi jarohatlanmagan.
Foto: Videodan kadr
4 sentabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ko‘prikdan o‘tayotgan mashina suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi.
Soat 16:00 da G‘azalkent-Chirchiq yo‘lida harakatlanib ketayotgan Jetour avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda Oqtosh ko‘prigidan G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketgan.
Manzilga yetib borgan FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni suvdan olib chiqqan. Avtomobilda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchi jarohat olmagan.
Mavzuga oid
19:00 / 29.09.2025
Jetour Uzbekistan: bozordagi ilk yil va katta rejalar
08:23 / 28.09.2024
“G‘azalkent” suv ombori tadbirkorlarga ijaraga beriladi
09:58 / 29.12.2023
"Jetour"dan bayramona aksiya: avtomobil, sayohat va iPhone 15
20:00 / 30.09.2023