Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Germaniyaning ekologiya sohasidagi tajribasidan foydalanishni boshlaydi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi parlament davlat kotibi Nils Annen bilan uchrashdi.
Foto: Dunyo
Suhbat chog‘ida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashdan ikki mamlakat manfaatdorligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Germaniya qonun chiqaruvchi organlari faoliyatini faollashtirish maqsadida tajriba va ilg‘or amaliyot almashuvi muhimligi qayd etildi. Bundestagning “Germaniya – Markaziy Osiyo” va Oliy Majlis palatalarining Bundestag bilan hamkorlik bo‘yicha deputatlik guruhlari faoliyatiga yuksak baho berildi.
Iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqining GSP+ benefitsiar maqomi berilishi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasini diversifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Germaniyaning ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim sohasidagi tajribasi hisobga olinib, bu boradagi aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
10:13 / 08.04.2026