Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Kiyevga yadroviy kallakka o‘xshash metall quyma o‘rnatilgan raketa uchirgan - OAV
17 noyabr kuni Kiyev osmonida urib tushirilgan Rossiyaning ikkita qanotli raketalaridan biri jangovar yadroviy kallak imitatori bilan jihozlangan bo‘lgan. Bu haqda Ukrainaning Defense Express harbiy portali o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, bu X-55 tipidagi qanotli raketa bo‘lib, uning yadroviy kallagi «burab chiqarib olingan» va o‘rniga bo‘sh «bolvanka» (metall quymasi) qo‘yilgan.
«Yadroviy arsenalga» tegishli X-55 raketasidan foydalanish fakti Rossiyada qanotli raketalar zaxirasining juda kamligidan dalolat berishi mumkin, deya qayd etadi nashr.
Bundan oldin AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov va rossiyalik hamkasbi Nikolay Patrushev bilan norasmiy suhbatlarda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida yadroviy quroldan foydalanish xavfini kamaytirishni muhokama qilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Biz Rossiya bilan yadro qurolidan foydalanish xavfini kamaytirish, shuningdek, undan ehtimoliy foydalanish oqibatlarini Moskvaga yetkazishga qaratilgan yuqori darajadagi aloqalarni o‘rnatish imkoniga ega bo‘ldik. Biz ushbu aloqalar qaysi kanallar orqali amalga oshirilganini oshkor qilolmaymiz, bu ularni himoya qilish uchun kerak», dedi Sallivan.
Avvalroq Sallivanning Patrushev va Ushakov bilan aloqalari haqida The Wall Street Journal xabar bergan edi.
Bundan oldin NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Turkiyaning NTV telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalanish xavfi pastligi haqida aytib o‘tgandi.
Biroq, Moskvaning bunday harakatining oqibatlari «katta bo‘ladi», shuning uchun Shimoliy Atlantika alyansi buni juda jiddiy qabul qiladi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Rossiya «mas’uliyatsiz va o‘ylamasdan» harakat qilmoqda, deb ta’kidlab o‘tdi Yyens Stoltenterg.
Mavzuga oid
08:40 / 27.02.2026
Jyenevada Eronning yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar yakunlandi
09:51 / 01.11.2025
«Yaqin orada bilib olasiz»: Tramp yadro sinovlari borasida aniq javob bermadi
14:01 / 29.10.2025
Yadroviy obektlarda chiqindilar bilan ishlash me’yorlari tasdiqlandi
19:29 / 22.09.2025