Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi qotillikda gumonlanib, qo‘lga olindi
Rossiyaning Tambov viloyatida O‘zbekistonning 25 yoshli fuqarosi qo‘lga olindi. U bir qizni pichoqlab o‘ldirganlikda gumonlanmoqda.
18 noyabr kuni Moskva shahrining Zyuzino tumani, Sevastopol prospektida 1993 yilda tug‘ilgan Yuliya Tkachyovaning jasadi topilgan. Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi tomonidan «Qotillik» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.
«Qizning tanasida pichoq bilan berilgan ko‘plab jarohatlar aniqlandi», deb xabar berdi Rossiya IIV vakili Irina Volk.
Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, qizni o‘ldirganlikda gumonlanayotgan shaxs Tambov viloyatida qo‘lga olingan. «Gazeta.uz» nashrining Rossiya Tergov qo‘mitasiga tayanib xabar berishicha, uning ismi sharifi Shohruxbek Karimov bo‘lib, O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Gumondordan nega qo‘lga olingani haqida so‘ralganida «bilmayman» deb javob bergan.
Tergovchilar jinoyat sodir qilingan joyni videokuzatuv kameralari orqali o‘rganib chiqqani aytilmoqda.
Qayd qilinishicha, bir kun oldin Tkachyova politsiya bo‘limiga murojaat qilib, yosh yigit uni ta’qib qilayotgani va ko‘chaga chiqishga qo‘rqib qolganini aytgan.
Jinoyat Moskva prokuraturasi tomonidan tergov qilinmoqda.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
17:53 / 11.05.2026