Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiyaning Ukrainadagi urushi Yevropa uchun ham, Markaziy Osiyo uchun ham global oqibatlarni keltirib chiqaradi» – Jozep Borrel
17 noyabr kuni Yevropa Ittifoqi–Markaziy Osiyo vazirlar uchrashuvidan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashgan Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Rossiya-Ukraina urushi, Afg‘oniston va hamkorlik masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
«Markaziy Osiyoning geosiyosiy ahamiyati yildan yilga oshib bormoqda. Bizning oxirgi uchrashuvimizdan beri vaziyat yomon tomonga o‘zgardi. Xususan, Rossiya tomonidan Ukrainada boshlangan urush Yevropa Ittifoqi uchun ham, Markaziy Osiyo uchun ham global oqibatlarni keltirib chiqaradi. Ikkala mintaqa ham buni bevosita o‘zida his qilmoqda.
Agar biz iqlim, narkotrafik, jinoyatchilik va boshqa muammolarimizni samarali hal qilmoqchi bo‘lsak, ko‘proq hamkorlik qilishimiz kerak bo‘ladi.
Rossiya-Ukraina urushi esa xalqaro huquq normalari va bu hamkorlikning buzilishidir. Biz qiyin vaziyatda ko‘proq va yaxshiroq hamkorlik qilishimiz kerak va bugun shuni muhokama qildik», – deya Borrelning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Yevropa tashqi siyosat idorasi rahbari, shuningdek Afg‘oniston va boshqa masalalarda Markaziy Osiyo davlatlarini qo‘llashda davom etishi, hamkorlikni kuchaytirishga ularda xohish borligini bildirdi.
«Afg‘oniston bugun gazetalarning bosh sahifasidan tushdi. Rasmiy Kobul qulagach, «Tolibon» siyosiy o‘zgarishlarni davom ettirish va xalqaro hamjamiyatning talablarini bajarishdan bosh tortib kelmoqda. Bu ularning xalqaro imijiga negativ ta’sir qilmoqda.
Oxirgi to‘rt yilda afg‘onistonliklarga 400 million yevro berdik, hukumatga emas. Biz Markaziy Osiyo davlatlarini o‘z chegaralarini mustahkamlash ishlarida va informatsion tahdidlarga qarshi qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Hamkorlikni chuqurroq va yaqinroq olib boramiz.
Markaziy Osiyo mamlakatlariga kiritilgan investitsiyalarning 40 foizi Yevropa Ittifoqi davlatlariga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun biz eng yaxshi savdo hamkori ham hisoblanamiz. Bizda hamkorlik uchun xohish va qiziqish bor», – deydi Jozep Borrel.
U shuningdek, Qora dengizda «G‘alla bitimi» qayta tiklangani yaxshi yangilik bo‘lganini qayd etdi.
«Biz bundan xursandmiz. Oziq-ovqat mahsulotlari hech qachon qurol sifatida ishlatilmasligi kerak. Buning uchun BMT va Turkiyaga katta minnatdorchilik bildiramiz», – degan Borrel Samarqandda jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
20:55 / 23.06.2026
Ukraina Qrimni materik bilan bog‘lovchi ko‘priklardan birini vayron qildi
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
16:13 / 22.06.2026