Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2022 mukofot jamg‘armasi e’lon qilindi, g‘olib 42 mln dollar oladi
FIFA hisobotiga ko‘ra, Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionati mukofot jamg‘armasi 440 mln dollarga teng bo‘ladi.
Jahon chempioni bo‘lgan milliy jamoaga 42 mln dollar beriladi. 4 yil oldin Rossiyada o‘tkazilgan turnirda bu qiymat 38 mln dollarga teng edi.
Mukofot jamg‘armasi taqsimoti quyidagicha:
- JCh-2022 g‘olibi - $42 mln;
- 2-o‘rin sohibi - $30 mln;
- 3-o‘rin sohibi - $27 mln;
- 4-o‘rin sohibi - $25 mln;
- 5-8-o‘rinlar - $17 mln (jami $68 mln);
- 9-16-o‘rinlar - $13 mln (jami $104 mln);
- 17-32-o‘rinlar - $9 mln (jami $144 mln).
Bundan tashqari FIFA futbolchilarni milliy jamoalarga yuborgan klublarga 200 mln dollarni taqsimlab beradi.
Jahon chempionati 20 noyabr kuni Qatarda boshlanadi va 18 dekabrgacha davom etadi.
Mavzuga oid
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
10:10 / 09.06.2026