O‘zbekiston | 15:03 / 19.11.2022
6070
1 daqiqa o‘qiladi

Senat O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida harbiy hadli bitim haqidagi qonunni ma’qulladi

Senat 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘ttiz beshinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston hukumati bilan Turkiya hukumati o‘rtasida harbiy hadli bitimni (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun ko‘rib chiqildi.

Foto: Dunyo

Bitim 2022 yil 29 mart kuni Turkiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan. Bitim harbiy tayyorgarlik va harbiy ta’lim, mudofaa sanoati hamkorligini rivojlantirish, logistika sohasidagi hamkorlik, kartografiya va gidrografiya, minalar va qo‘lbola portlovchi qurilmalarga qarshi kurashish bo‘yicha tajriba almashish kabi yo‘nalishlarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.

Mazkur yo‘nalishlardagi hamkorlik tadbirlari O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Turkiya Milliy mudofaa vazirligi yillik rejalariga kiritiladi.

Muhokama chog‘ida bitim ratifikatsiya qilinishi davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratishni talab qilmasligini, bitim doirasida tashkil etiladigan barcha tadbirlar esa har yili Mudofaa vazirligiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshirilishi qayd etildi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid