1939 yil sentabr oyida SSSR faşistlar Germaniyasi bilan Polşani bosib oladi. Söng «Molotov-Ribbentrop pakti»ga köra ular bu davlatni özaro taqsimlab olişadi. Polşaning şarqiy qismi SSSRga, ğarbiy qismi Germaniya tarkibiga kiritiladi. 1940 yilda SSSRdagi qamoqxona lagerlarida köp ming sonli polyak harbiy asirlari saqlanayotgandi. NKVD rahbari Beriyaning taşabbusi bilan ular otib taşlanadi va Smolensk örmonlaridagi ommaviy qabrlarga kömib yuboriladi.

«Tarixni ğoliblar yozadi» – bu ibora ilk marta qaçon, kim tomonidan aytilgan bölsa ham bilib aytilgan. Bunga isbot juda köp. Uzoqqa bormaylik, Ikkinçi jahon uruşi tugagandan keyin uning asosiy ğolibi bölgan SSSR bu uruş bilan boğliq tarixni özi xohlaganiday turli yolğonlar bilan talqin qilgan. Maktablarda, oliy ta’limda öşa yolğonlar öqitilgan, ilmiy işlar yozilgan.

Ana şu yolğonlardan biri SSSRning Ikkinçi jahon uruşiga 1941 yil 22 iyunda Gitler Germaniyasi bu davlatga bostirib kirganidan keyin qöşilgani haqidagi gaplar. Aslida esa SSSR Ikkinçi jahon uruşiga Germaniya bilan tuzilgan döstlik va ittifoqçilik şartnomasiga muvofiq 1939 yil sentabr oyida qöşilgan edi.

1939 yil 23 avgust kuni Germaniya va Sovet Ittifoqi örtasida özaro hujum qilmaslik şartnomasi imzolanadi. Şartnomani har ikki davlatning taşqi işlar vazirlari, Vyaçeslav Molotov va Ioxim fon Ribbentrop imzolagani uçun bu kelişuv tarixda «Molotov-Ribbentrop pakti» deb ataladi.

Vyaçeslav Molotov va Ioxim fon Ribbentrop. 1939 yil Germaniya va SSSR örtasida özaro hujum qilmaslik haqidagi kelişuv imzolanişi marosimida.

Uşbu şartnomada har ikki davlat özaro hujum qilmaslik haqidagi kelişuvdan taşqari Şarqiy Yevropadagi davlatlarni taqsimlab olişi ham belgilangandi. Öşa paytda bu şartnomaning «Özaro hujum qilmaslik haqida»gi qismi e’lon qilinadi. Şarqiy Yevropani özaro bölib oliş haqidagi qismi esa sir saqlanadi.

Şartnomaga köra Boltiqböyi davlatlari töliq, Polşa, Ruminiya, Vengriya va Çexoslovakiyaning şarqiy qismi SSSRga, qolgan qismi Germaniyaga tegişi kerak edi.

«Molotov-Ribbentrop pakti» imzolanganiga 10 kun ötmasdan 1939 yil 1 sentabr kuni Germaniya Polşaga hujum qiladi. Oradan ikki yarim hafta ötib 17 sentabr kuni şarqdan sovet armiyasi ham Polşaga bostirib kiradi va 1939 yil 5 oktyabrgaça bu davlatning 45 foiz hududini bosib oladi. Qolgan qismini Germaniya egallaydi. Şu tariqa dunyo xaritasidan mustaqil bir davlat yöq böladi.