Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram foydalanuvchisi nomi rekord qiymatga sotildi
Telegram foydalanuvchisining @news nomi 1,8 million dollarga sotildi.
Telegram platformasidagi @news taxallusi Fragment auksionida 994 ming TON (taxminan 1,8 mln dollarga) sotildi.
Qayd etilishicha, endi bu nom hisobida 20,9 million TON bo‘lgan foydalanuvchiga tegishli. Shuningdek, unda @pasta, @pizza, @discount, @insurance kabi boshqa noyob qisqa nomlar ham bor.
Avvalroq taxalluslar qiymati bo‘yicha rekordni @auto nomi o‘rnatgan va 900 ming TON (taxminan 1,6 mln dollarga) sotilgan edi.
Fragment auksioni 27 oktyabrda ish boshladi. Shundan so‘ng, Telegram messenjeri foydalanuvchilari ham nomlarni sotish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Foydalanuvchi nomini sotib olish yoki sotish uchun Telegram akkaunti orqali auksionga kirish va unga TON hamyonini ulash talab qilinadi.
Mavzuga oid
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
20:45 / 16.04.2026