Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni kimlar olib kirishi mumkinligi aniqlashtirildi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq respublika hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ular butlovchi va ehtiyot qismlari belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Shu bilan birga, quyidagi sub’yektlar tomonidan ularni (va butlovchi qismlarini) olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki foydalanish bundan mustasno: Turizm va madaniy meros vazirligi; Kadastr agentligi “Geoinnovatsiya markazi”; “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi; YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy komissiyasi.
Amaldagi qonunchilik bilan quyidagi harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan: uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ular butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish; uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish.
Qarorga muvofiq vazirlik, idoralar va xo‘jalik sub’yektlariga Vazirlar Mahkamasi alohida qarorlari asosida uchuvchisiz uchadigan apparatlarni va ular butlovchi qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin, respublika turizm salohiyati to‘g‘risida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlarga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni respublika hududiga vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma Turizm va madaniy meros vazirligi iltimosnomasiga asosan Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan beriladi.
Hujjat bilan quyidagi nizomlar tasdiqlanmoqda: O‘zbekiston fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi; uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va O‘zbekiston hududida ulardan foydalanish uchun iltimosnoma berish tartibi to‘g‘risidagi; O‘zbekiston hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish to‘g‘risidagi
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
08:23 / 03.06.2026
Rossiya: Leningrad viloyatida 30 ta dron urib tushirildi
20:25 / 01.06.2026