Qozoğistondagi prezidentlik saylovlari: Töqayev nomsiz nomzodlarga qarşi
|22:31 / 20.11.202228 49012 min
Yakşanba kuni Qozoğiston aholisi navbatdan taşqari prezidentlik saylovlarida ovoz bermoqda. Bu saylovlarni ötkaziş qarorini mamlakatning amaldagi prezidenti – 69 yoşli Qosim-Jömart Töqayev qabul qilgandi, tahlilçilar fikriça, şu tariqa u öz hokimiyatini legitimlaştirmoqçi. Töqayev – asosiy nomzod va hatto raqiblari uning ğalabasini başorat qilmoqda.
Foto: ReutersFoto: Reuters
Saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 20:00 ga qadar oçiq böladi, dastlabki natijalar tun yarmiga borib çiqa boşlaşi kutilmoqda.
Davlat rahbari lavozimi uçun jami olti nomzod kuraş olib bormoqda, nomzodlar orasida birinçi bor ikki ayolni köriş mumkin. Nomzodlar qatorida Töqayevdan taşqari Prezident huzuridagi Xotin-qizlar işlari va oilaviy-demografik siyosat böyiça milliy komissiya a’zosi, Professional ijtimoiy işçilar milliy alyansidan nomzod Karakat Abden, Umummilliy sotsial-demokratik partiyasi (OSDP) vakili Nurlan Auyesbayev, Qozoğiston fermerlar uyuşmasi raisi, «Ovul» partiyasi nomzodi Jiguli Dayrabayev, «Yntymaq» partiyasi rahbari, «Amanat – Qozoğiston kasaba uyuşmalari hamdöstligi» tomonidan nomzodi qöyilgan iqtisodçi nazariyaşunos Meyram Kajiken hamda huquq faoli, «Oilaviy zöravonliksiz Qozoğiston» loyihasi rahbari Saltanat Tursinbekova.
Töqayevning raqiblari elektorat orasida maşhur emas va saylov kuniga ikki oy qolganida röyxatdan ötişgan.
«Ular saylovga tayyorlaniş va özini körsatiş uçun real imkoniyatlarga ega bölmagan nomsiz nomzodlardir. Töqayevga tanqidiy köz bilan qaraydiganlar ham unga ovoz berişadi, çunki u kimligini bilişadi», deydi 19 yoşli faol Mira Unagurova.
Bu Miraning hayotidagi ilk saylovlardir. Töqayev 2019 yil prezidentlikka kelganida u hali 15 yoşda bölgan. Öşanda u soxta saylovlarga qarşi mitinglar tufayli siyosatga qiziqib qoladi va şundan keyin namoyişlar hamda tinç marşlarda qatnaşib keladi. U bu safargi saylovda ovoz berib çiqqanidan keyin adolatli saylovlar talabi bilan namoyişga çiqdi, uni va yana önlab faollarni qölga olişdi.
Mira özining fuqarolik faol pozitsiyasi evaziga Qozoğistonda özi uçun yorqin kelajak quriş mumkin deb hisoblaydi, lekin uning harakatlari hozirgi vaziyatni özgartirişi dargumon.
«Töqayev bu saylovlarda ğalaba qozonişi deyarli aniq, ammo boşqa nomzodlarga yoki unga qarşi ovoz beriş orqali biz özimizning borligimizni körsatib qöyamiz», degandi Mira aksiya arafasida.
Saylovdagi intriga kim ikkinçi örinni egallaşi va hukumatda lavozim olişi ehtimoli bilan boğliq. Biroq, sotsiologlarning qayd etişiça, nomzodlar hatto beş foizlik çegaradan öta olişi qiyin böladi. 3 mln tenge (6,5 ming dollar) miqdoridagi majburiy tölovni qaytariş uçun aynan şunça ovoz töplaş talab etiladi.
Mavzuga oid
Tanqidçilarning hisoblaşiça, yuqori miqdordagi garov puli, röyxatdan ötişdagi murakkabliklar va boşqa mezonlar tufayli nomzodlar diskriminatsiyaga uçraydi va Töqayevning haqiqiy siyosiy raqiblari nomzodini röyxatdan ötkazişiga tösqinlik qiladi.
«Avvalgi saylovlarda bölgani kabi bu safargi prezidentlik saylovlarida ham siyosiy plyuralizm yöq, muxolifatçi partiyalarning birortasiga, demak ularning nomzodlariga ham röyxatdan ötişga ruxsat berilmadi», deya qayd etadi Human Righs Watch’ning Markaziy Osiyo böyiça katta tadqiqotçisi Mira Ritman.
Qonunçilikka köra, Qozoğiston prezidentligiga faqat muayyan talablarga mos keluvçi kişilar nomzod bölişi mumkin: qozoq tilini biliş, davlat idoralarida beş yillik iş tajribasi, sönggi 15 yil mobaynida Qozoğistonda yaşab kelayotganlik.
Bu talablar esa muxolifatçilarga emas, amaldorlarga mos keladi.
Qozoğiston muxolifatçi yetakçilaridan biri - sobiq bankir Muxtar Ablyazov - xorijda istiqomat qiladi va Qozoğistonda qidiruvga berilgan. Töqayevning yana bir taniqli muxolifatçisi - «Demokratik Qozoğiston» ijtimoiy-siyosiy harakati yetakçisi Janbolat Mamay - nomzodlarni röyxatga oliş çoğida hokimiyat vakilini haqorat qiliş va qasddan yolğon ma’lumot tarqatişda ayblanib, qamoqda edi.
Hokimiyat ötkazilişi va «qonli yanvar» voqealari
Töqayev 2019 yilda Qozoğiston prezidenti bölgandi, unga qadar mamlakatni 28 yil mobaynida faqat bir kişi boşqargan - Nursulton Nazarboyev.
Elboşi (Millat rahbari) faxriy maqomini olgan Nazarboyev 2019 yilgi navbatdan taşqari saylovlarda Töqayevni qöllagan va amalda hokimiyatni unga ötkazgan. Şu tufayli Töqayevni köpçilik şunçaki Nazarboyev tomonnidan qöyilgan odam va uning sodiq tarafdori deb hisoblagan.
2019 yilgi saylovlar arafasida (öşanda Töqayev 70 foiz atrofida ovoz olgandi) mamlakat böylab «Töqayev - mening prezidentim emas, Nursulton - mening poytaxtim emas» şiori ostida norozilik aksiyalari bölib ötadi. Bu Qozoğiston poytaxti va köplab köçalar Nursulton Nazarboyev şarafiga qayta nomlangani bilan boğliq edi.
2022 yilga qadar Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi rahbarligi lavozimi hamda hukmron partiya «Nur Otan» (yaqinda u «Amanat» deya qayta nomlandi) yetakçiligi Nazarboyevda qoldi.
Ammo 2022 yil yanvarida butun mamlakatni qamrab olgan namoyişlardan keyin Nazarboyevning ta’sir doirasi keskin qulaşni boşladi.
Qozoğiston yanvar boşida yonilği narxlari kötarilişi tufayli namoyişlar boşlanib, butun mamlakatga tarqaldi
Namoyişlar yonilği uçun narxlar kötarilişiga qarşi boşlangandi, ammo aksiyalar keng kölamli ommaviy çiqişlarga aylanib ketdi. Yirik şaharlardan biri Olmaotada tartibsizliklar yuzaga keldi, şahar ma’muriyati binosi va prezident qarorgohi egallab olinib, vayron qilindi.
Öşanda Töqayev mamlakatga KXŞT qurolli kuçlarini taklif qildi, keyin huquq-tartibot organlari tartibsizliklarni bostirdi.
Avvaliga hukumat va şaxsan Töqayevning namoyişlarga reaksiyasi turliça böldi - Janaözendagi (mamlakat ğarbidagi şahar) namoyişlarga befarqlikdan boşlanib, muammolar uçun javobgarlikni tan oliş va namoyişçilarga yon berişgaça.
Ammo keyin Töqayev göyoki «20 ming xorijlik terrorçilar» namoyişlarni qözğatgani haqida gapirdi. Bu gap uçun heç qanday dalil keltirilmadi.
Sentyabr oyiga kelib yanvardagi namoyişlar vaqtida 225 kişi halok bölgani, 5 mingdan ortiq kişi yaralangani va minglab kişilar qölga olingani ma’lum. Qurbonlar orasida politsiyaçilar, harbiylar - va köplab tinç aholi vakillari, jumladan, tasodifiy tarzda voqealar joyida paydo bölib qolgan bolalar va ayollar ham bor.
«Xalqaro hamjamiyat bir yildan buyon Töqayev hukumatini bölib ötgan voqealarni mustaqil xalqaro ekspertlar iştirokida tekşirişga çaqirmoqda, ammo heç qanday natija yöq. Köp sonli qiynoq holatlari, noqonuniy hibsga olişlar va ölim holatlari uçun heç kim javobgarlikka tortilmagan», - deydi Mira Ritman.
Yanvar voqealari Nazarboyevni özida qolgan lavozimlardan voz keçişga va ommaga endi «oddiy pensioner» ekanini aytişga majbur qildi. Mamlakat poytaxti yana Ostona deb atala boşladi, sobiq prezidentning qarindoşlari turli idoralar va davlat kompaniyalaridagi rahbarlik lavozimlaridan mahrum bölişdi.
Töqayev Nazarboyevning kadrlarini maxsus xizmatlar rahbarligidan namoyişkorona işdan oldi va ularning bir qismini tartibsizliklarga aloqadorlikda ayblab, qamoqqa taşladi.
Yanvar voqealariga baho berarkan, ekspertlar tez-tez bu vaqtda Töqayev va Nazarboyevning munosabatlari yomonlaşganiga e’tibor qaratib, namoyişlarning bostirilişini yangi prezidentning «şaxsiy Janaözeni» deb ataşadi. 2011 yilda ham Qozoğiston janubi-ğarbidagi Janaözenda nefçilar namoyişi bölib ötgan, u şafqatsizlarça bostirilgan - rasmiy ma’lumotlarga köra, 16 kişi halok bölib, yuzdan ortiq kişi yaralangan. Öşa voqealar iştirokçilari esa, qurbonlar soni 70 nafardan kam bölmagani, 500 dan ortiq kişi yaralanganini aytişadi.
Nazarboyevning Qozoğistondagi ta’sir doirasi sönggi vaqtlarda keskin pasaydi. Foto: Reuters
2022 yil yanvaridagi namoyişlarda köplab yoşlar - Nazarboyev boşqaruvi davrida tuğilgan va voyaga yetganlar iştirok etdi. Uning ketişi bu avlod uçun özgarişlar ramziga aylandi. Ularning fikriça, namoyişlarni bostirganiga qaramay, Töqayev endi «Yangi Nazarboyev» böla olmaydi.
«Nazarboyev ketganida, bu özgarişlarga umidning tuğilişi bölgandi. Qariyb 30 yil mobaynida u avvaliga xalq muhabbatini, keyin esa qörquvini uyğotdi. Töqayev bunday hokimiyat va maşhurlikka erişmagan. U elektoratni qörqitişga urinmoqda, ammo hozirça buni uddalay olgani yöq», deydi rassom va jamoat faoli bölgan Suinbeka Suleymanova.
30 yoşli Suinbeka bu saylovlarda 2 ming köngillilar qatorida mustaqil kuzatuvçilar ştabiga röyxatdan ötgan. Ştab a’zolari orasida pensionerlar, faollar, talabalar va saylovlar vaqtida qoidabuzarliklarni kuzatib boriş maqsadidagi jamoat arboblari örin olgan. Bu taşkilot rahbari Araylim Nazarova 2019 yilgi saylovlarda nohaqliklarga öz közi bilan guvoh bölganini aytadi.
«Men muxolifatçi nomzod Kosanovning kuzatuvçilar ştabida edim, ammo sönggi kunda Kosanov kuraşdan çiqdi va Töqayevning ğalabasini tan oldi, 600 nafar kuzatuvçining protokollari esa heç kimga kerak bölmay qoldi. Öşanda biz jamoat birlaşmasi tuzişga va şu tariqa öz noroziligimizni bildirib, saylovlar adolatli ötkazilişiga erişişga qaror qilgandik», deydi Nazarova.
Töqayevning Yangi Qozoğistoni
Nazarova saylovdagi haqiqiy davomatni kuzatiş muhim deb hisoblaydi, çunki bu qozoğistonliklar saylovda qançalik faolligi va xalqning hukumatga işonçini körsatib beradi. Jami 12 million atrofidagi qozoğistonliklar ovoz beriş huquqiga ega.
Tahlilçilarning hisoblaşiça, Töqayev haqiqiy nomzodlar paydo bölişi yoki mamlakatda norozilik kayfiyati ösişidan oldinroq öz ğalabasini tasdiqlaş uçun navbatdan taşqari saylovlar e’lon qilgan.
«Öylaymanki, yetti yildan keyin prezidentlik lavozimi uçun haqiqiy keskin kuraş keçişi haqida gapirsa böladi, hozir biz özimiz loyiq bölgan siyosiy maydonga egamiz. Elektorat hali real özgarişlarga tayyor emas», deb hisoblaydi Amaliy siyosatşunoslik va xalqaro tadqiqotlar markazi rahbari Aydar Amrebayev.
Uning sözlariga köra, prezident ham, uning ma’muriyati ham saylovlarga puxta tayyorgarlik körgan va har qanday kutilmaganlik elementlari istisno etiladi.
«Ular 2019 yilgi tajribadan saboq çiqarişgan, öşanda Kosanov kabi kutilmagan nomzod paydo bölib, «sirli toyçoq»qa aylanişi mumkin edi. Bu safar bunday kuçli nomzodlar saylovlarga qöyilmadi», deydi Amrebayev.
Qosim-Jömart Töqayev zamonaviy va mustaqil yetakçi sifatida gavdalanişga harakat qilmoqda. Bu suratda u Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel bilan. Foto: PRESIDENT OF KAZAKHSTAN/REUTERS
Töqayev şu yil yozida bölib ötgan umumxalq referendumidan keyin, sentabr oyida navbatdan taşqari saylovlar haqida e’lon qilgandi - referendumni köpçilik «prezidentlik saylovi repetitsiyasi» deb baholagandi. Referendumda konstitutsiyaga tuzatişlar ma’qullandi. Endi Qozoğistonning asosiy qonuniga köra, prezident lavozimni faqat bir marta yetti yillik muddatga egallay olişi mumkin. Töqayev saylovlarda ğolib çiqsa, 2029 yilga qadar prezident bölib qoladi.
Töqayev bu vaqt mobaynida keng kölamli siyosiy va iqtisodiy islohotlar ötkazişni, maoşlar va pensiyalarni oşirişni, sud-huquq tizimini insoniylaştirişni va’da qilgan. U hozirça muayyan harakatlar rejasini taqdim etmadi.