Yakşanba kuni Qozoğistonda mamlakatning asosiy qomusiga tuzatişlar kiritiş böyiça referendum ötkazilmoqda. Bu prezident Qosim-Jömart Töqayevning şaxsiy taşabbusi hisoblanadi va köpçilik bu referendum orqali hukumat xalqqa davlat rahbarini qöllab-quvvatlaşni taklif qilmoqda deb hisoblamoqda.
Foto: AFPFoto: AFP
Hozirgi referendum Töqayev hukumatining «parlamentni tinglaş» siyosati özanida yotadi va avtokratiyadan çarçagan jamoatçilik talabiga javob bölişi közda tutilgan.
Bundan taşqari, ekspertlarning hisoblaşiça, Töqayev uçun bu yanvar oyidagi namoyişlar va mojaroni hal qiliş uçun KXŞT qöşinlarini çaqiriş böyiça köpçilik tomonidan yaxşi qabul qilinmagan qaroridan keyin öz reputatsiyasini tiklaşga bölgan navbatdagi urinişidir.
Bu mustaqillik davrida Qozoğistonda ötkazilayotgan uçinçi referendumdir. Avvalgi ikki referendum 1995 yilda bölib ötgan: birinçisi - Nazarboyevning prezidentlik vakolatlarini uzaytiriş böyiça, ikkinçisi - konstitutsiyaga oid, uning yakunlariga köra hozirgi asosiy qomus qabul qilingan. Keyinroq mamlakat konstitutsiyasi beş marta özgartirildi. Jami 19 moddaga 26 tuzatiş kiritildi. Özgartirişlarni parlament ma’qullagan.
Referendum qanday ötadi?
Qozoğistonliklar bu galgi referendumda bir butun paketga ovoz berişadi, ya’ni biratöla barça tuzatişlarga rozilik beradi yoki qarşilik bildiradi.
Mamlakatning asosiy qonunidagi turli 33 moddada jami 56 tuzatiş nazarda tutilgan, şu tariqa, amalda konstitutsiyaning uçdan bir qismi qayta yoziladi.
Özgartirişlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi va jamoatçilikka taqdim etildi. Ammo köplab ekspertlar fuqarolar aynan nima uçun ovoz berişga borişlarini anglaşlariga şubha qilişadi.
«Barça tuzatişlar bilan tanişişga uriniş, agar siz ekspert yoki tahlilçi bölmasangiz, izlanişga öxşaydi. Ularning köpida formulirovka juda murakkab va mohiyatdan çalğitadi. Axir kimgadir ellikta tuzatişdan beştasi, yoki 10 tasi yoki ön beştasi ma’qul bölişi mumkin, ammo fuqarolarda har bir tuzatiş uçun alohida ovoz beriş imkoniyati yöq», deydi qozoq politologi Dosim Satpayev.
Nazarboyev merosiga zarba
Qozoğistonliklarning aksari bugungi muammolar sababini Nazarboyev merosida körişadi
Foto: GETTY IMAGES
Aksar qozoğistonliklar ovoz berişga Nursulton Nazarboyev elboşi tituli (qozoq tilida «millat otasi») va boşqa imtiyozlaridan mahrum bölişi uçun borişini aytadi.
Mavzuga oid
Mamlakatning birinçi prezidenti, 29 yil 8 oy va 26 kun davomida hokimiyatda qolgan Nazarboyev bir yil muqaddam Qozoğiston Xalq assambleyasi raisi lavozimidan voz keçgan, joriy yil yanvar oyida esa Xavfsizlik kengaşi raisligidan ham ketgandi.
Şundan söng u amalda közdan ğoyib böldi va referendum arafasida intervyu berdi. «Kommersant’» bilan suhbatda Nazarboyev referendumda Töqayevni qöllab-quvvatlaşni va’da qildi va iste’foda ekanida global yadroviy xavfsizlik masalalari bilan şuğullanayotganini aytdi.
Politologlar 2022 yil yanvari voqealari Nazarboyev elita içidagi töqnaşuvda öz vorisi Töqayevga mağlub bölganini körsatdi, deb hisoblaydi. Uning köplab qarindoşlariga qarşi tekşiruvlar, ular davlat lavozimlaridan ketişi va ayrim hollarda hibsga olinişi ham şundan dalolat qiladi.
Eng şov-şuvli hibs mart oyida Nazarboyevning jiyani, yirik biznesmen Qayrat Sotiboldining hibsga olinişi bölgandi, u amakisi prezidentligi davrida bir qator yuqori lavozimlarni egallagan.
Yanvar-fevral oylarida Milliy xavfsizlik qömitasining sobiq rahbari Karim Masimov va uning uç nafar örinbosari ham qölga olingandi. Ular davlatga xiyonatda, hokimiyatni kuç bilan egallaşga urinişda va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilişda gumonlangan.
Qozoğistonliklarning köpçiligi Nazarboyev va uning qarindoşlarini sönggi öttiz yillikda hokimiyatni uzurpatsiya qiliş (hokimiyatni qonunga xilof ravişda tortib oliş) va boylik orttirişda ayblab, mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolarning boş sababçilari sifatida bilişadi.
Şu tariqa, hukmron partiya nomlanişidan boşlanib, uning yaqinlariga daxlsizlik huquqini ham taqdim etgan elboşi merosi bosqiçma-bosqiç yöq bölmoqda. Nur-Sulton şahri nomi yana Ostonaga qaytarilişi ehtimoli yaqinlaşmoqda.
«Hokimiyat uzurpatsiyasi va davlat rahbarining qarindoş-uruğlariga davlat lavozimlarini egallaşni taqiqlaş haqidagi moddalar aholi orasida maşhurlikka erişdi va keng reklama qilinmoqda. Ammo aslida, özgartirişlar mohiyatiga çuqurroq kirilsa, konstitutsiyaning yangi tahririda prezident vakolatlari umuman kuçsizlanmasligini köriş mumkin», deya qayd etadi Satpayev.
Superprezidentlik tizimidan voz keçiş
Töqayev özini «parlamentga quloq tutuvçi prezident» sifatida namoyon etmoqda
Tahlilçilar hozirgi konstitutsion islohotni superprezidentlik tizimidan voz keçiş sifatida körib çiqişmayapti, şu bilan birga, tuzatişlar kiritiş orqali prezident hokimiyatini zaiflaştirişga urinişlar borligini inkor etişmaydi.
Masalan, endi prezident ham, akimlar ham (oblastlar gubernatorlari va şaharlar merlari), sudyalar yoki harbiylar ham bir vaqtning özida siyosiy partiyalarga a’zo böla olişmaydi.
Islohotlar ikki palatali parlament tizimiga ham taalluqli böladi: endi majilisga (quyi palata) saylovlar majoritar-proporsional tizimida ötkazilişi kerak (deputatlarning bir qismi partiya röyxati böyiça, qolgani ma’lum uçastkalarda ovoz beriş yöli bilan saylanadi). Şu vaqtga qadar majilisning 98 nafar a’zosi partiya röyxati böyiça saylangan, yetti nafarini - Qozoğiston Xalq assambleyasi tanlagan.
Ammo Senat (parlamentning yuqori palatasi, hududiy vakillar va prezident tomonidan tayinlangan deputatlardan iborat) esa tugatilmaydi, holbuki uning mavjudligi ekspertlarda köplab savollar tuğdirib keladi.
Ular Senatni faqat birgina funksiyaga - prezident impiçmentini imkonsiz qiliş funksiyasiga ega bölgan keraksiz organ deb hisoblaşadi. Ammo konstitutsiyaning yangi tahriri Senat tarkibiga özgartirişlar kiritişni közda tutadi: prezident tomonidan tayinlanadigan deputatlar soni 15 nafardan 4 nafargaça kamayadi.
Ikki yoqlama tuzatişlar
Satpayevning qayd etişiça, tuzatişlarning köpçiligi jamiyat xohlayotgan özgarişlar töplami, ammo bir xil töldiriş bilan.
Eng ommabop tuzatişlardan biriga köra, prezident endi avvalgi kabi akimlarni tayinlamaydi. Ammo bu masalaga yaqindan qaralsa, bu şunçaki çalğitiş bölib çiqadi.
«Yangi tuzatişga köra, prezident şunçaki ikki nomzodni maslahatga (hududiy hokimiyat organi - BBC) taklif qiladi va öz navbatida kengaş ulardan birini tanlaydi. Boşqa söz bilan aytganda, bu prezident qöllab-quvvatlagan nomzod böladi», deydi ekspert.
Nazarboyev davrida qabul qilingan yana bir bahsli modda ham konstitutsiyaning yangi tahririda saqlanib qolgan. Uning mohiyati şundan iboratki, bir kişi davlat rahbari lavozimini ketma-ket ikki martadan ortiq egallay olmaydi.
Uning vazifasi - hokimiyat bir şaxs tomonidan uzurpatsiya qilinişining oldini oliş vositasi bölib xizmat qilişdir. Ammo ekspertlar fikriga köra, «ketma-ket» sözi davlat rahbariga hokimiyatni «Putin-Medvedev-Putin» ssenariysi böyiça tranzit qilişga böşliq (lazeyka) qoldiradi.
Töqayev referendumda avvalroq Nazarboyev tomonidan tugatilgan Konstitutsiyaviy sudni tiklaşni taklif etmoqda, ammo sud raisini tayinlaş va uning örinbosarlarini tasdiqlaş vakolati davlat rahbarida qoladi.
Şu tariqa, oldingi vakolatlarning köp qismi - boş qömondonlik, parlamentni tarqatib yuboriş huquqi, hukumat a’zolarini tayinlaş, oliy sud raislarini tayinlaş va işdan böşatiş huquqlari prezidentda qolişda davom etadi.
Ammo taklif etilayotgan özgarişlarda xalq hokimiyati tomon qadamlar, şuningdek qonunçilikni insonparvarlaştirişga işoralar mavjud.
Kiçik partiyalar uçun talablarni susaytiriş va ölim jazosi bekor qilinişi
Yanvar namoyişlari bostirilgaç, Qozoğiston fuqarolari mamlakat siyosiy kelajagi borasida ortiqça optimizmga berilmayapti
Konstitutsiyaviy islohot saylovlarda iştirok etuvçi partiyalarni röyxatga oliş çegarasini tört barobar qisqartirişni nazarda tutadi.
Endi röyxatdan ötiş uçun partiyalar 20 mingdan ortiq imzo töplaşi şart emas, beş ming ham yetarli böladi. Röyxatga olişning yuqori çegarasi Qozoğistonda muxolif partiyalar uçun asosiy muammolardan sanalardi va ular şu tariqa saylovoldi poygasidan oldinroq çetga çiqarilardi.
Tuzatişlardan biri ölim jazosiga taqiqni Asosiy qomus bilan mustahkamlab qöyişdir. Qozoğistonda ölim jazosi qonunçilik bilan 2021 yil dekabridan bekor qilingan, ammo hali bu konstitutsiyada aks etmagandi.
2004 yildan buyon Qozoğistonda ölim hukmlarini ijro etişga moratoriy amal qiladi, şu bilan birga sudyalarga bunday hukm çiqariş taqiqlanmagan.
Qozoğistonda ölim jazosiga muqobil sifatida umrbod ozodlikdan mahrum etiş hukmi çiqarib kelinadi.
Referendum va qozoğistonliklar
Yanvar namoyişlaridan keyin qozoğistonliklar konstitutsiya islohoti loyihasiga şubha bilan yondaşişdi.
Yanvar voqealari Qozoğiston uçun tom ma’noda silkiniş bölgandi
ABDUAZIZ MADYAROV/AFP VIA GETTY IMAGES
Referendum arafasida ötkazilgan taşviqot kampaniyasi mazmuni davomat yuqoriligini ta’minlaşga qaratildi.
Prezident Markaziy kommunikatsiyalar xizmati tomonidan jamoatçilik fikrini örganiş böyiça ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, 60 foiz atrofidagi kişi referendumda qatnaşiş istagini bildirgan, 70 foizdan ortiği referendum haqida xabardor va uning ötkazilişini qöllab-quvvatlaydi.
«Xalq yanvarda va yanvar voqealaridan keyin özgarişlarni talab qildi, referendum esa hukumatning bu sörovni qondirişga bölgan urinişi. Şuning uçun, bu ham, albatta, yöqdan köra yaxşiroq», deya referendum haqidagi fikrini bildiradi Satpayev.
Uning fikriça, markaziy hukumat referendumda har bir regiondagi munitsipal hokimiyat organlarining saylovlardagi faollikni hamda 2024 yilga möljallangan prezidentlik saylovlarida talab qilingan natijani ta’minlaş imkoniyatlarini sinovdan ötkazadi.
«Siyosiy nuqtayi nazardan, xalqaro hamjamiyat köz öngida Töqayevning legitimligi oşgani kuzatilmoqda: prezident siyosiy islohotlar va’da qilgandi va uni ötkazmoqda. Ammo yodda tutiş kerakki, Qozoğiston xalqi nafaqat siyosiy islohotlar, balki ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlarni ham kutadi. Töqayev barçasini öz ötmişdoşiga tönkaşda abadiy davom eta olmaydi», deb hisoblaydi politolog.