Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi tomonidan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi elektron platformasi orqali nazorat qilinmoqda.

 “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida har bir hududda yiliga 200 million tup köçatni ekiş va şu orqali mamlakatimizdagi yaşil maydonlarni kengaytiriş rejalaştirilgan. Loyiha doirasida kelgusi 5 yilda 1 milliard tup daraxt köçati va butalar ekiladi. Ekilgan köçatlarning holati esa elektron tizim orqali nazorat qilinyapti.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi boş boşqarmasi boşliği Abduraşid Sodiqov onlayn nazorat tizimi haqida gapirib berdi:

“Bu yilgi köçat ekiş mavsumi bulturgidan tubdan farq qiladi. Davlat ekologiya qömitasidan ekspert guruhi taşkil qilingan. Bu ekspert guruhida 8 ta xodimimiz bor. Bu Respublikada közga köringan olimlar – arbaris, dendrolog, tuproqşunos, agronom olimlarimiz. Va har bir hududda hududiy amaliy yordam va monitoring guruhlar taşkil qilingan. Davlat ekologiya qömitasining tahlil markazi bor va bu yerda onlayn rejimida monitoring olib boriladi.

Bundan taşqari har bir ştabda koll-markaz ham taşkil etilgan bölib, murojaatlar uzluksiz qabul qilinyapti. Ekilgan daraxtlar haqidagi ma’lumotlar hududdagi ştab vakillari tomonidan “Yaşil makon” platformasiga kiritiladi.

Platformamiz tubdan özgardi, köp narsalar qöşildi. Platformada hozir tuman, viloyat ştablari ekilgan köçatlarning turi böyiça, navi böyiça, kim tarafdan ekildi, qaysi sub’yekt ekdi, ijtimoiy sohami, avtomobil yöllarimi, fermer xöjaliklarimi ekilgan köçatlarning egasi bor, mas’ullar bor. Öşa mas’ullarga biratöla biriktirilib ketilyapti dalolatnoma bilan. Şu bizning  platformada aks ettiriladi”, - dedi u.

 Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi huzuridagi AKT va multimedia DUK boş mutaxassisi Azamat Otabekovning ta’kidlaşiça, yangi elektron platformada har bir fuqaro oddiy mobil telefon orqali ma’lumot olişi mumkin.

“Yaşil makon” platformasi bu “Yaşil makon” umummilliy loyihasini jamlovçi, uni nazorat qiluvçi oçiq platforma.  “Yaşil makon” platformasida har bitta daraxt nazoratga olingan bölib, ular özining lokatsiyasiga, suğoriş tizimi bor-yöqligiga, bular  haqida töliq ma’lumot beradi. Har bir fuqaro mobil telefoni orqali kirib, bu platformada özining mahallasida, köçasida qanaqa köçat turi ekilganligi, uning soni, uning suğoriş tizimi bormi-yöqmi, ekilgan köçatlar kimga biriktirilganligini körişi mumkin.