Özbekistonda ekologiya va turizm sohalaridagi boşqaruv tizimi özgaradi. Bu haqda prezident farmoni va qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan çiqarilib, uning negizida amaldagi ştat birliklari saqlangan holda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi taşkil etiladi.
Qömita öz faoliyatida bevosita Özbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdor hisoblanadi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzuridagi Turizm qömitasi esa ekologiya organidan ajratilib, Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi sifatida qayta taşkil etiladi.
Örmon agentligi, Özgidromet va Çiqindilarni boşqariş agentligi Ekologiya qömitasi huzurida qoldirildi.
Ekologiya qömitasining joriy faoliyatiga Özbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi – Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi rahbarlik qiladi. Bu lavozimga ekologiya vaziri sifatida faoliyat yuritib kelgan Aziz Abduqahhoroviç Abduhakimov tayinlandi.

Ekologiya qömitasi raisining 4 nafar örinbosari Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; maqomi, mehnatga haq tölaş, tibbiy xizmat va transport ta’minoti şaroitlari böyiça tegişli ravişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi örinbosarlariga tenglaştiriladi.
Qömita öz faoliyatini har qanday davlat organlari va taşkilotlari, ularning mansabdor şaxslaridan mustaqil ravişda













