Samarqand viloyati, Narpay tumanida 2 ming tup terakning qurib qolişiga sababçi bölgan mas’ul javobgarlikka tortildi. Bu haqda Ekologiya boşqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, daraxtlar 2024 yilda, «Yöllardan foydalaniş» korxonasiga tegişli bölgan hududda «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekilgan. Ammo «korxona mas’ullari e’tiborsizlik qilişi oqibatida» suvsizlikdan qurib, nobud bölgan.
Hududga biriktirilgan mas’ul B.I. joriy yil 23 aprel kuni Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-moddasi 4-qismi bilan jazolanib, BHM 10 barobari (3,72 mln söm) miqdorida jarima qöllangan va tabiatga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, tegişli hujjatlar qonuniy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilgan.
Yakuniy qaror qanday bölgani haqida ma’lumot berilmadi.













