Özbekiston böylab “Yaşil makon” dasturi doirasida bahorda ekilgan 137 millionta köçatning 27,5 millioni qurib qolgan.
Prezident matbuot xizmatining xabar berişiça, Şavkat Mirziyoyev 26 sentabr kungi yiğilişda bu holatni tanqid qilgan.
Rasmiy xabarga köra, köçatlarning 20 foizi qurib qolganiga sabab – bahor va yoz örtasida issiq kunlar tez kelib qolişi oqibatida köçatlar unişga ulgurmagan. Ularga odatdagidan 2-3 barobar köp suv sarflaşga töğri kelmoqda.
“Şu munosabat bilan daraxtni kuzda ekişni köpaytiriş zarurligi körsatib ötildi. Bu yilgi kuz mavsumida 125 million tup daraxt va buta, bahorda yana 75 millionta ekiş rejalaştirildi. Bunda suğoriş tizimi va imkoniyati yöq joylarga köçat ekmaslik talab qilib qöyildi”, – deyiladi xabarda.

















