Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Fransiyaga jo‘nab ketdi
Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar va Fransiya Milliy yig‘inida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ustuvor sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
O‘zbekiston prezidenti, shuningdek Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.
Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutiga tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy merosiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» va «Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari» ko‘rgazmalari bilan tanishish mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026