Ularning fikriga köra, bu mamlakatning özida ham, xorijda ham ommaviy axborot vositalarida rossiyalik harbiylar harakati tobora köproq tanqid ostiga olina boşlangani bilan boğliq.
ISW tahlilçilari öz hisobotlarida, şuningdek, Zaporijjya atom elektr stansiyasidagi yadroviy falokat tahdidining doimiy muhokamasi Ğarbning Ukrainani qöllab-quvvatlaşiga putur yetkazişga qaratilgan axborot kampaniyasining bir qismi bölişi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Moskva Zaporijjya atom elektr stansiyasini öqqa tutişdan stansiya ustidan töliq ma’muriy nazoratga erişiş va yadroviy falokatning oldini oliş kafolatiga ega böliş uçun foydalanmoqda, deb hisoblaydi institut.
ISW press-relizida, şuningdek, Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga tayangan holda, Rossiya maxsus xizmatlari Belarus harbiylarini Ukrainaga qarşi uruşga kirişişga undaş uçun Belarusning muhim infratuzilmasiga yolğondan hujumlar uyuştirişni rejalaştirayotgani keltirilgan.
Bundan oldin ISW Rossiyada Putindan norozilik kuçayib borayotgani haqida xabar bergandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina hukumatini ağdariş va butun Ukrainani egallab olişdek maksimalistik maqsadlarini amalga oşirişga qöşinlar qodir emasligi sababli öta mafkuraviy, uruş tarafdori bölgan elektoratning bir qismini tinçlantirişi tobora qiyinlaşmoqda. Bu haqda ISW Twitter'da ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, Rossiyaning Xersondan çiqib ketişi uruş tarafdorlari va Putin örtasida mafkuraviy kelişmovçilikni kuçaytirmoqda, prezidentning Ukrainaga qarşi uruşda öz va’dalarini bajariş istagi va qobiliyatiga işonçni susaytirmoqda.
ISW ma’lumotlariga köra, rossiyalik öta millatçilar orasida Putinning rus mafkurasiga sodiqligiga şubha kuçaygani Putinning millatçilar uçun qiziqişini pasaytiradi, şu bilan birga safarbarlik va köp qurbonlar Rossiya jamiyatida norozilikni keltirib çiqarişda davom etişi mumkin.
ISW hisobotida qayd etilişiça, Xerson yöqotilganidan söng, "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi bilan boğliq ijtimoiy tarmoqdagi kanallar ham Kremlga qarşi çiqdi, bu esa harbiy blogerlar orasida rus qöşinlarini olib çiqiş qarori qöllab-quvvatlanmayotgani hamda Rossiya xavfsizlik kuçlari vakillari orasida keskinlikning yanada kuçayişi kuzatilişi mumkinligidan dalolat berişi aytiladi.

















