Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:42 / 22.11.2022
8347
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi 1 mln tonnadan oshdi
10 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 1 mln tonnadan oshdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,4 foizga oshgan.
2022 yilning yanvar-oktabr oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
- avtomobil benzini – 1 008,6 ming tonna;
- ko‘mir – 4,4 mln tonna;
- neft – 656,2 ming tonna;
- gaz kondensati – 1,1 mln tonna;
- yengil avtomobillar – 263 488 dona;
- avtobus – 971 dona;
- yuk avtomobillari – 3 253 dona;
- avtomobil dvigatellari – 189 558 dona.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish