Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Myunxendagi xavfsizlik anjumaniga taklif qilinmadi
Rossiya rasmiylari tashviqot uchun maydonga ega bo‘lmaydi, deb ma’lum qildi Myunxen forumi raisi Kristof Xoysgen. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya muxolifati va surgundagi yetakchilarni tinglash kerak.
21 noyabr, dushanba kuni nemis diplomati, sobiq kansler Angela Merkelning maslahatchisi Kristof Xoysgen Rossiya 2023 yil fevralida bo‘lib o‘tadigan yillik Myunxen xavfsizlik konferensiyasiga taklif qilinmasligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
«Rossiya rasmiylari 2023 yilgi konferensiyaga taklif qilinmayapti. Biz ularga targ‘ibot platformasini bermaymiz. Biz Rossiyaning kelajagini Rossiya muxolifati yetakchilari va surgundagilar bilan muhokama qilmoqchimiz - ularning ovozi eshitilishi va kuchaytirilishi kerak», deb yozadi Xoysgen Twitter’dagi mikroblogida.
Myunxen konferensiyasi - xalqaro xavfsizlik bo‘yicha eng nufuzli forumlardan biri bo‘lib, unda o‘nlab mamlakatlardan davlat, hukumat rahbarlari, vazirlar, taniqli siyosat va jamoat arboblari ishtirok etadi. Konferensiya veb-saytida aytilishicha, ishtirokchilar «ittifoqning birdamligi va qonun ustuvorligiga asoslangan xalqaro tartib uchun siyosiy sadoqat darajasini» baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Forum tashkilotchilari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini nafaqat «Ukrainada ulkan azob-uqubatlarga olib kelgan, balki dunyoning boshqa mintaqalarida inqirozlarni kuchaytirgan burilish nuqtasi» deb atamoqda.
2007 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Myunxen konferensiyasida nutq so‘zladi. Shundan so‘ng u AQSh va uning ittifoqchilarini, o‘zi aytganidek, bir qutbli dunyo o‘rnatish va NATOni kengaytirishga urinish uchun keskin tanqid qildi, bu esa, uning fikricha, Rossiya uchun xavf tug‘diradi. G‘arb Putinning nutqiga keskin salbiy munosabat bildirdi. Hozirda ko‘plab ekspertlar buni Kremlning uzoq muddatli niyatlaridan darak sifatida baholamoqda.
Mavzuga oid
07:38 / 06.05.2026
O‘zbekistonliklar Germaniyaga 3 ming yevrolik ishlarga taklif qilindi
12:17 / 18.02.2026
«Eronda kim rahbar bo‘lishini xalq belgilasin» – Rizo Pahlaviy
00:13 / 15.02.2026
FT: Rubio Myunxen konferensiyasidagi nutqida Rossiya va Ukrainani bir marta ham tilga olmadi
23:35 / 14.02.2026