Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Rubio Myunxen konferensiyasidagi nutqida Rossiya va Ukrainani bir marta ham tilga olmadi
Germaniyalik diplomatning fikricha, AQSh davlat kotibining nutqi yevropaliklarni qiziqtirgan mavzulardan ko‘ra ko‘proq Amerikaning ichki masalalariga bag‘ishlangan.
AQSh davlat kotibi Marko Rubioning xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasidagi chiqishi ayrimlar tomonidan sovuq kutib olindi, deb yozadi Financial Times (FT) gazetasi.
"Bu biz kutgan javob emas", - degan nashrga nemis diplomatlaridan biri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nutq yevropaliklarni qiziqtirgan mavzulardan ko‘ra ko‘proq Amerikaning ichki masalalariga bag‘ishlangan. Yana bir yevropalik mansabdorning qayd etishicha, nutq Make America Great Again (MAGA, "Amerikani yana buyuk qilamiz") harakati ruhida bo‘lgan.
"Rossiya biror marta tilga olinmadi, Ukraina biror marta tilga olinmadi", - degan u.
Financial Times shuningdek, Berlindagi Fan va siyosat fondi siyosatshunosi Piya Furxopning fikrlarini keltirgan.
"Bu zaharlangan sovg‘a", - degan u AQSh davlat kotibining hamkorlikda ishlash to‘g‘risidagi chaqirig‘i haqida fikr bildirarkan.
Rubio Myunxen konferensiyasidagi chiqishida AQSh o‘zini himoya qila olmaydigan zaif ittifoqchilarni xohlamasligini va Vashingtondagilar kuchli Yevropani ko‘rishni istashini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
23:15 / 14.07.2026
AQSh Davlat kotibi Haaga tribunalini tugatishga va’da berdi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
17:53 / 08.06.2026