Rossiya va Belarus chegarasida NATO harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
Polshaning Rossiya bilan Belarus chegarasida NATO Bull Run-19 qo‘shma mashg‘ulotlari boshlandi.
Polshada an’anaviy tarzda har yili o‘tkaziladigan NATO bilan Bull Run-19 qo‘shma taktik harbiy mashqlari boshlandi.
Qayd etilishicha, manyovrlar Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Varminsko-Mazursk voyevodasi va Belarus bilan chegaradosh Podlyask voyevodasida o‘tkaziladi.
22-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda Polshada joylashgan Shimoliy Atlantika alyansining 15-sonli Gijitsk mexanizatsiyalashgan brigadasi va batalon jangovar guruhi askarlari ishtirok etadi.
«Askarlar aloqa tizimlarini tekshiradi, relef va yo‘llarning xususiyatlari bilan tanishadi. Mashqlar tahdidli vaziyatda ittifoqchi kuchlar xavfsizlikni ta’minlash va tajovuzni to‘xtatish uchun qanday hamkorlik qilinishini sinab ko‘rish uchun mo‘ljallangan», - dedi brigada shtab boshlig‘i vazifasini bajaruvchi podpolkovnik Piotr Polbratek.
Manyovrlarning maqsadi Polsha va ittifoqchi qo‘shinlarning ushbu hududlardagi faoliyati samaradorligini oshirishdir. Harbiy texnika kolonnalarining belgilangan hududlarga faol harakatlanishi kutilmoqda.
6 noyabr kuni Polshaning janubi-sharqidagi Nova-Demba shahrida NATO davlatlari ishtirokida Puma-22 harbiy mashqlari boshlangan edi. Unda Chexiya, Slovakiya, Vengriya, AQSh va Buyuk Britaniyadan 2 mingga yaqin harbiy xizmatchi va 300 dona texnika ishtirok etdi. Manyovrlar 9 noyabrgacha davom etdi.
Mavzuga oid
11:02 / 18.11.2024
Polsha bosh vaziri: Yaqin haftalar Kiyev uchun hal qiluvchi bo‘ladi
14:34 / 15.11.2024
Polshada YTHda jabrlangan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
20:43 / 12.11.2024