O‘zbekiston | 13:07 / 22.11.2022
7241
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya imperatori Aziz Abduhakimovni oliy darajadagi orden bilan mukofotladi

2022 yil 9 noyabr kuni Tokiodagi Imperator saroyida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – turizm vaziri Aziz Abduhakimovga «Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni»ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi

Turizm va madaniy meros agentligi xabariga ko‘ra, an’anaga muvofiq ordenni Yaponiya imperatori Naruxito bosh vazir Fumio Kishida ishtirokida topshirdi.

Aziz Abduhakimovning «Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni» bilan taqdirlanishi Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi e’tirof etilganini tasdiqlaydi, deyiladi ma’lumotda.

Bu orden 1875 yildan beri berib kelinayotgan bo‘lib, Yaponiyadagi eng qadimgi va «Chiqayotgan Quyosh Ordeni»ning eng yuqori darajasi (6-daraja) hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid