O‘zbekiston | 15:06 / 23.11.2022
13820
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Beeline Uzbekistan brendni yangilamoqda va imkoniyatlarni ochmoqda

2022 yil 22 noyabr, Toshkent. Beeline Uzbekistan brend transformatsiyasi boshlangani haqida xabar beradi. Shu sanadan boshlab O‘zbekistonda millionlab odamlarga yaqin bo‘lgan mashhur yo‘l-yo‘l logotip va nom ortida “Beeline. Siz bilan” shiorida mujassamlangan yangilangan falsafada, yangi ko‘rinish va yanada aniqroq ma’no turadi.

O‘zgarish nima uchun kerak?

Abonentlar hayotiga Beeline Uzbekistan’ning olib keladigan texnologiyalari doimo rivojlanib bormoqda. Ular bilan birga millionlab insonlarning hayotlari va odatlari o‘zgarmoqda. Operatorning o‘zi ham o‘zgarib bormoqda: endi an’anaviy aloqa xizmatlari, qo‘ng‘iroqlar va internet Beeline Uzbekistan brendi taqdim etayotgan xizmatlarning bir qismi xolos. Raqamli xizmatlar ekotizimi inson hayotining deyarli barcha sohalarini qamrab oladi: moliya, ko‘ngilochar, ta’lim, hordiq va albatta, aloqa. Mijozlarning ehtiyojlari Beeline'ni ichki o‘zgarishlarga undamoqda. Endi u mobil emas, digital-operator. Demak, brendni yangilash, tashqi tomondan ham o‘zgartirish zarur.

Mijozlarni nima kutmoqda?

Ular nimaga intilishadi! Beeline Uzbekistan'ning doimiy amaliyoti bu abonentlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish, ularning xohish-istaklarini chuqur o‘rganishdir. Brendni yangilashda istaklarni aniqlash, fikr-mulohazalarni olish va gipotezalarni sinab ko‘rish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Shunday qilib, kompaniya mijozlar bilan birgalikda o‘zining yangi ko‘rinishi va falsafasini yaratdi.

“Biz barcha qadamlarimizni belgilovchi asosiy qadriyatlarni tanlab oldik. Muhimi – ishlash uchun qulaylik qobiliyati, bu brendning DNKsida mujassam bo‘lgan, rivojlanish – doimiy olg‘a intilish, yangiliklarga ochiqlik va odatiy chegaralardan chiqish, qulaylik – mijoz bilan u tushunadigan tilda gaplashish istagi. Va albatta, shaffoflik va halollik bizning ustuvor vazifalarimizdir”, - dedi kompaniyaning tijorat direktori Maksim Yefremov.

Beeline endi yo‘l-yo‘l chiziqli emasmi?

Brendning yangilanishi tashqi o‘zgarishlarni, kompaniyaning yangi, zamonaviy qiyofasini yaratishni ham anglatadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston xalqiga yanada yaqinroq va tushunarli bo‘lish uchun vizual kommunikatsiyalar endi milliy o‘ziga xoslikni o‘z ichiga olgan. Biroq mijozlar barcha oldingi elementlardan yiroqlashishni istamaydilar.

“Biz ularning istaklarini inobatga oldik va sevimli yo‘l-yo‘l chiziqli logotipni qoldirdik. Shu bilan birga, brend yangi ramziy elementlarni o‘z ichiga oladi. Shaffof plashka soflikni anglatadi. «Rivojlanish» va «Texnologik» ma’nolari yuqoriga yo‘naltirilgan zinapoya orqali ifodalanadi. Bu nafaqat sariq yoki qora, balki raqamli xizmatlarning xilma-xilligini ko‘rsatuvchi brendning yangi palitrasidan boshqa ranglarda ham aks ettirilgan bo‘lishi mumkin. Zinapoya qiyofasining o‘zi mamlakatimiz madaniyati, tarixiy binolar naqshlarini chuqur o‘rganishdan tug‘ilgan. Samarqandda yoki Buxoroda bo‘lganingda ularga qarang!” – deydi marketing direktori Mahbuba Sodiqova.

 

Foto: Beeline Uzbekistan

Shior o‘zgarganmi?

Albatta, chunki brendning o‘zgarishi yangi bayonotni talab qiladi. Beeline Uzbekistan bu yerda ham o‘z mijozlari bilan umumiy harakat yo‘lini tanlagan holda keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdi. Endi strategik shior shunday yangraydi: “Beeline Siz bilan".

Aynan shu brend shiori kompaniyaning yangi 1440 strategiyasini to‘liq aks ettiradi.

«1440» nimani anglatadi?

“Hammasi oddiy: bu 24 soatdagi daqiqalar soni. Mijozlarimiz har daqiqada, kunning istalgan vaqtida Beeline Uzbekistan'ning eng yaxshi xizmatlaridan foydalanishlari kerak. Biz abonentlarga doimo kerakmiz, bu bizning falsafamiz va ko‘rinishimizda o‘z aksini topadi”, — deya voqeani sharhladi Beeline Uzbekistan'ning bosh direktori Andjyey Malinovski.

Beeline bir-biridan minglab kilometr uzoqlikda joylashgan odamlarni bog‘laydi. Xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda birgina qo‘l harakatini amalga oshirish va sevimli filmlarni istalgan vaqtda, istalgan joyda tomosha qilish imkonini beradi. Kayfiyatga mos musiqa topish imkonini beradi. Beeline Uzbekistan – yangi imkoniyatlar dunyosi. Ushbu asosiy g‘oya yangilangan brendning ramzidir.

Beeline. Siz bilan.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan 

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid